Ukrainada uruşning 460-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Kiyev yana bir bor havo hujumiga uçradi — Kiyev şahri harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popkoning ma’lumotiga köra, bu may oyidagi 16-havo hujumi böldi. U havo hujumidan mudofaa kuçlari rossiyaliklarning 40 ta droni va qanotli raketalarini urib tuşirganini ma’lum qilgan. Raketalardan birining parçasi qulaşi oqibatida tinç aholi vakillaridan biri halok bölgan.
  • Belgorod oblastidagi bir qança aholi yaşaş manzillari öqqa tutildi. Grafovka qişloğida tinç aholi vakillaridan biri halok böldi.
  • Ukraina Oliy radasi Ğalaba kunini 8 mayga köçirdi.
  • Rossiyada harbiy holat töğrisidagi qonun özgartirildi. Endi anneksiya qilingan hududlarda saylovlar ötkazilişi, şuningdek odamlar deportatsiya qilinişi mumkin.

Kiyevga yangi havo hujumi

Rossiya qöşinlari 29 may kuniga ötar keçasi va tongda Kiyev böylab navbatdagi raketa zarbalarini yölladi — bu Ukraina poytaxtiga oy boşidan buyon uyuştirilgan 16-hujum böldi. Kiyev şahri harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popkoning ma’lum qilişiça, avvaliga tunda 29 ta dron uçib kelgan, olti soat ötib «Iskander» tizimlaridan ballistik tipdagi 11 ta raketa bilan zarba berilgan - barça nişonlar urib tuşirilgan. Ammo bir qança rayonlarda ularning parçalari qulagan. Şahar meri Vitaliy Kliçkoga köra, bir kişi yaralangan.

Kiyev osmonidan dron va raketalarni qidiriş jarayoni
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar raketalaridan birining Kiyev ustida portlaşi
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Dym i sledy ot rossiyskix raket nad Kiyevom
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Havo trevogasi çoğida metroga yaşiringan kiyevliklar
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaliklarning urib tuşirilgan raketasini közdan keçirayotgan politsiyaçilar
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Toretsk öqqa tutilişi oqibatlari

Ukraina nazoratidagi Toretsk şahri Rossiya qöşini egallab olgan Baxmut şahridan taxminan 30 kilometr masofada joylaşgan. Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoning ma’lum qilişiça, 29 may tongida RF armiyasi Toretskka FAB-250 aviabombasi bilan zarba bergan — avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçasi va köp qavatli uy şikastlangan. Keçga yaqin Kirilenko tinç aholi vakillaridan ikki kişi halok bölib, sakkiz kişi yaralangan.

Rossiyaliklar aviabombasi tuşgan avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçasi hududida yakson bölgan avtomobillar
Donetsk oblasti rahbari Pavel Kirilenkoning matbuot xizmati
Rossiya aviabombalaridan biri tuşgan joyda hosil bölgan öra
Donetsk oblasti rahbari Pavel Kirilenkoning matbuot xizmati
Aviabombadan vayron bölgan «zapravka»ning körinişi
Donetsk oblasti rahbari Pavel Kirilenkoning matbuot xizmati

Donetsk oblastidagi oldingi çiziqda dron uçirayotgan ukrainalik askarlar

Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi ukrain artilleriyaçilari

«Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojin 21 may kuni Baxmut töliğiça RF kuçlari nazoratiga ötganini e’lon qilgandi. Ammo Ukraina hukumati şahar çekkalarida va uning atrofida harbiy harakatlar davom ettirilayotganini ma’lum qilgan.
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Ukrainaning turli hududlaridan suratlar