Nvidia 2023 yil 30 may kuni bozor kapitali 1 trillion dollar bölgan eksklyuziv kompaniyalar qatoriga qöşildi, çunki grafik çip işlab çiqaruvçisi sun’iy idrokdan (SI) foydalanişga talab oşayotganidan katta foyda körmoqda. Bu haqda AP xabar berdi. 

Endi Nvidia 1 trillion dollarlik klubda Alphabet, Apple va Microsoft kabi texnologik gigantlarga hamrohlik qiladi. 30 may kuni ötkazilgan savdolarda uning aksiyalari 5 foizga oşib, bir aksiya narxi 408 dollarga yetdi. 

Ötgan haftada videoöyinlar va sun’iy idrok uçun grafik çiplar işlab çiqaruvçi Nvidia çorak yakuniga köra 2 milliard dollardan ortiq daromad olgani, sof tuşum 7 milliard dollar bölgani haqida xabar berdi. Bu esa Uoll-strit başoratlaridan ança yuqori. 

Nvidia 1993 yilda taşkil etilgan va dastlab 3D grafika va öyinlar bilan şuğullangan. 

Nvidia çiplari robototexnika va metakoinotdan tortib tibbiy vizualizatsiya va video tahlillargaça bölgan ilovalarda qöllanadi.