Sunʼiy intellekt çiplari bozorida yetakçi Nvidia kompaniyasi rahbari atrofidagi janjal duşanba kuni yangi bosqiçga çiqdi. Bundan oldin, 29-oktabrda New York Times kompaniya boş direktori Jensen Huangning bir ayol bilan yaqin munosabatda bölganini yozgandi. Gazetaga köra, AQŞ razvedkasi bu ayolni Pekin uçun maʼlumot töplagan deb hisoblaydi.
8-noyabr kuni Huang turmuş örtoğiga xiyonat qilganini tan oldi. Öşa kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp uni himoya qildi. 9-noyabrda esa Oq uyda bu iş bilan Federal qidiruv byurosi (FQB) ham şuğullanayotganini aytdi. «Biz buni örganamiz. FQB buni boşqa bir masala yuzasidan örganayotganini bilaman», dedi u.
Tramp FQB aynan nimani tekşirayotganini aytmadi. NYT’ning taxminiça, gap Adliya vazirligining Megaspeed kompaniyasi böyiça tergovi haqida bölişi mumkin. FQB şu vazirlik tarkibiga kiradi.
Prezident öşa kuni Huang bilan gaplaşganini ham aytdi. «U ‘uning josus ekanini umuman bilmasdim’, dedi va men unga çindan işonaman», dedi Tramp.
Elis Huang kim?
Reuters’ning yozişiça, Elis Huang (xitoyça ismi Huang Le) sunʼiy intellekt çiplari bozoriga Xitoy moliya sohasidan kirib kelgan. Taxminan 42 yoşli tadbirkor avval telejurnalist bölgan, keyin bank va investitsiya sohasida işlagan. U Jensen Huangga qarindoş emas.
Uning çip biznesiga aloqasi asosan Megaspeed orqali. Vaşingtondagi C4ADS tahliliy markaziga köra, Elis Huang 2023-yil martida bu kompaniyaning nazorat paketi egasiga aylangan.
2023-yil oxirida Megaspeed’ning barça aksiyalari Singapurdagi SwiftData firmasiga ötgan. Bu firmani aslida kim boşqarişi nomaʼlum. C4ADS tahlilçilari fikriça, Elis Huang şundan keyin ham kompaniyaga taʼsir ötkazgan bölişi mumkin: u keyinroq ham Megaspeed raisi sifatida taniştirilgan.















