Nvidia boş direktori Jensen Huang kompaniya vitse-prezidenti Kimberli Pauell bilan nikohdan taşqari işqiy munosabatda bölgan. Bu haqda The New York Times (NYT) gazetasi Nvidia kompaniyasining beş nafar amaldagi va sobiq xodimiga tayanib xabar berdi.
Manbalarning sözlariga köra, mart oyida bölib ötgan Nvidia konferensiyasi çoğida Jensen Huang va Kimberli Pauell Kaliforniyadagi mehmonxonalardan birida «bir-biriga mehr-muhabbat körsatayotgani» videoga tuşib qolgan. Şu bilan birga, NYT jurnalistlari uşbu tasvirni körmaganini taʼkidlaydi.
Kimberli Pauell 2008-yildan buyon Nvidia kompaniyasida işlab keladi, 2017-yildan beri esa soğliqni saqlaş sohasidagi mahsulotlar böyiça vitse-prezident lavozimini egallab turibdi. U tibbiyot texnologiyalari va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirişga masʼul.
Avvalroq, Jensen Huang Singapurning Megaspeed kompaniyasi rahbari Elis Huang (ular faqat familiyadoş) bilan işqiy munosabatlari sababli mojaro markazida qolgan edi. AQŞ maxsus xizmatlari ayolni Xitoy Davlat xavfsizligi vazirligi agenti deb hisoblaydi, biroq Xitoy tomoni Nvidia rahbariga nisbatan ayğoqçilik qilingani faktini rad etmoqda. Kompaniyada mustaqil tekşiruv boşlangan. The Wall Street Journal manbalari bu mojaro Nvidia boş direktorining almaşişi bilan yakunlanişi mumkinligini istisno qilmayapti.
Nvidia direktorlar kengaşi ketma-ket mojarolar fonida boş direktor Jensen Huangni lavozimidan çetlatiş masalasini körib çiqişga hozirlik körmoqda. Şu fonda kompaniyaning Nasdaq birjasidagi aksiyalari 8,6 foizga qulab, har bir qimmatli qoğoz narxi 158,75 dollargaça pasaydi.













