Xitoyda Geely kompaniyasining subbrendi — Galaxy'ning ilk modeli sotuvga çiqdi. Galaxy L7 gibrid krossover bölib, u bir martalik töla quvvat va töla benzin zaxirasi bilan 1300 kmdan ortiqroq masofani bosib öta oladi.
Galaxy L7 5 ta komplektatsiyada sotuvga çiqarilgan. Narxi esa 19,5 ming dollardan 24,4 dollargaça baholangan. Dastlabki ikkita komplektatsiyasi 9,11 kVt-soat quvvatga ega batareya bilan jihozlangan, bu 43-55 km masofa bosib ötişga yetadi. Qolgan uçta komplektatsiya esa 18,7 kVt-soatlik batareyalarga ega, bu orqali 90-115 km masofani toza elektr energiyada bosib ötiş mumkin. L7 bir martalik töliq quvvat va töla benzin baki bilan 1310—1370 km masofa bosib öta oladi.


1,5 litr hajmga ega turbodvigatel ikkita elektromotor bilan hamkorlikda işlaydi. Ular jami 390 ot kuçini beradi.
Maşina salonida 3 ta displeyni köriş mumkin — haydovçi oldida 10,25 dyuymli, old örindiqdagi yölovçi töğrisida 16,2 dyuymli gorizontal displeylar va örtada 13,2 dyuymli vertikal ekran. Bundan taşqari 25,6 dyuym bölgan proyeksiyali displey ham örnatilgan. Modelning axborot-köngiloçar tizimiga Galaxy OS operatsion tizimi javob beradi.
Old örindiqlar isitiş va sovitiş funksiyalariga ega, 11 ta karnay ovoz sifatli çiqişini ta’minlaydi, moslaşuvçan kruiz-nazorat ham mavjud.


Maşinaning uzunligi 4700 mm, eni 1905 mm, böyi esa 1685 mm, ğildiraklar bazasi bölsa 2785 mmni taşkil etadi.











