Baxmutdan öz askarlarini olib çiqib ketişini aytgan «Vagner» asosçisi Yevgeniy Prigojin Rossiya media olamida favqulodda faollaşib qoldi. U may oyi tugaşi arafasida Yekaterinburg, Vladivostok va Novosibirskda matbuot anjumani ötkazdi. Bunday anjumanlardan yana bittasi Nijniy Novgorodda ötişi kutilmoqda.
Bu anjumanlar davomida Prigojin «Vagner. Ikkinçi front» nomli allaqanday loyihani tarğib qilgan. Bu yerdagi front sözi nimani anglatişi tuşunarsiz. Bu loyiha bir qaraşda göyoki yoşlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tayyorlaşga qaratilgan bölsa, bir qaraşda Ukrainadagi uruşda Rossiya mudofaa vazirligi muvaffaqiyat deb keltirayotgan narsalardan boşqa haqiqatlarni aytişga qaratilgandek körinadi.
«Vagner» asosçisi jurnalistlarga avvalgi videolarida aytgan gaplarini takrorlab yuribdi: uruş uzoq böladi, rejali iqtisodiyotga ötiş kerak, ölim jazosini qaytariş kerak, tezda umummilliy safarbarlik e’lon qiliş şart va hokazo. Öz navbatida, Prigojin bu faolligini siyosiy faoliyatini boşlaşi bilan boğlamaslik kerakligini söragan. Uning aytişiça, siyosiy partiya oçiş yoki Rossiya prezidentligiga öz nomzodini ilgari surişni maqsad qilmagan.
Moskvaga dronlar hujumi haqida
Belgorod va Kursk öqqa tutilişiga könikiş kerak emas. Havo hujumidan mudofaa tizimlarining birinçi qavati Ukraina va Rossiya çegarasida bölişi, dronlarga qarşi öşa yerdan turib kuraşiş kerak. Ikkinçi qavat Moskva viloyati çegarasida, uçinçi qavat esa Moskva atrofida bölişi lozim. Keyingi bosqiçda butun Moskva dronlarni aniqlovçi va işdan çiqaruvçi tizimlar bilan jihozlanişi kerak.
Oddiy moskvaliklar sabrli bölişi, sarosimaga tuşmasligi kerak. Ular hukumatdan özlarini belgilangan tartib asosida himoya qilişini söraşi darkor. Kimningdir uyiga dron tuşsa, rasmini qöyib keskin fikrlar bildirişi kerakki, hukumat javob berişga majbur bölsin. Ular özlarini «uçta harfga yuboradigan» va yomon sözlar bilan ataşadigan atmosferada yaşay olişmaydi.
Baxmutning olinişi haqida
Töğrisini aytaman, mening yigitlarim Baxmutni olar ekan, ular özlarini juda köpçilik deb öylaşgan. Aslida esa ozçilik edi. Ularning hammasi orqadan zaxira kuçlari keladi deb öylaşgan.
«Vagner»ga mahbuslarni tanlab oliş haqida
Mahbuslarni «raşk qilib» bizga bermay qöyişdi. Ular yaxşi jang qilişdi. 12 ming kişilik guruhlar 50 minggaça yetdi. Rossiya armiyasi esa bunday holatga tayyor emaskan. Öşanda men «maxsus harbiy amaliyot»ning birlamçi vazifasi – Donbassni ozod qilib, frontda işonçli vaziyat yaratiş uçun 200 ming odam kerakligini aytgandim.
Ammo hammasi teskari köriniş oldi. 200 ming nafar askarning har biri Ukraina armiyasining 10 askariga teng keladigan va Rossiya armiyasidan 25 baravar samarali bölişini bilgaç, ba’zi kabinetlarda qörquv paydo böldi. Şu sabab bizga mahbuslarni bermay qöyişdi. Keyin ğalati raşk paydo böldi: Mudofaa vazirligi turgan joyida depsinib qoldi, biz esa Baxmutda oldinlab özimizni qahramonga aylantirdik. Şu sabab snaryad yetişmovçiligi paydo böldi.
«Baxtiyor çol» haqida
Kimni çol deb atagandim? Bizga öq-dori bermagan Valeriy Gerasimovni (boş ştab boşliği). Bu gaplardan hayp yasab olişdi. Bu xuddi otang sening ketingga tepsa, onangga yugurib borib, otam hozir senga ham muşt tuşiradi deb aytişga öxşaydi. Keyin ular uruşib ketişadi.
Ölim jazosini qaytariş haqida
Harbiy jinoyatlar uçun jazoni kuçaytiriş kerak. Bu haqda köp hujjatlar yozdim. Hozir jamiyatda şovqin kötarilmasligi uçun buni maksimal yengil qilişga harakat qilyapmiz. Menimça, ölim jazosini qaytariş kerak. Aks holda uruşni yutib bölmaydi. Örtoq Stalin haq bölgan. Balki u siyosiy sabab bilan kimlarnidir ottirib xato qilgandir, lekin uruş vaqtida ölim jazosi bölişi kerak. Şunday ekan, agar harbiy komissar qahramonlarga hurmatsizlik qilsa, harbiy sud bu holatni muhokama qilib, komissarga qarşi bitta haqqoniy patronni sarflaşga hukm çiqarişi kerak.
Safarbarlik haqida
Bu yoğiga oğir uruş böladi. Qançalik uzoq davom etişini bilmayman. Hammasini töğri qilsak, mening fikrimça, Donbassni ozod qilişga 2-3 yil, Kiyevni egallaşga 3-4 yil ketadi. Agar butun jamiyat [uruşga] safarbar qilinsa, butun e’tibor öq-dori işlab çiqarişga qaratilsa, umummilliy safarbarlik e’lon qilinsa, bunday natijaga erişiş mumkin. Agar uzoq uruşişni xohlasak, hoziroq safarbarlik e’lon qiliş, odamlarni heç bölmasa öqitiş kerak. Momaqaldiroq bölsa, çöqinişni emas, uruşişni xohlasak, bu iş kerak.
«Maxsus harbiy amaliyot»dagi ğalabaning retsepti şunday: umummilliy safarbarlik, 2 million uruşa oladigan odam, yaxşi boşqariladigan armiya, intizom, dezertirlarni otib taşlaş. Mudofaa sanoatidagi barça rahbarlarni harbiy qiliş kerak, toki ularga qarşi ölim jazosini qöllaş mumkin bölsin. Mamlakatni quroli Şimoliy Koreyadan ham köp bölgan harbiy monstrga aylantiriş kerak.
Siyosiy karerasi haqida
Davlat dumasida «Vagner» partiyasi yoki prezidentlikka nomzod Prigojinni körmaysiz. Har holda hozirgi vazifalar boşqa narsalardan iborat. Agar Liviya çöllariga aylanib qolsak, «Tentak Maks» kinosidagi kabi tört tomonga qum saçratib Jipda yuradigan bölsak, ana öşanda partiya tuzişga töğri keladi.
Harbiy holat haqida
Qodirovning fikriga qöşilaman: mamlakatda harbiy holat e’lon qiliş kerak. Odamlar mana şu şaroitlarda yana uzoq vaqt yaşaşga töğri kelişiga könikişi kerak. Çiroyli köpriklar, katta teatrlar, yangi sahnalar qurişni bas qilişimiz, hamma narsa faqat mudofaaga qaratilişi kerak. Çunki biz bu aralaşib qolganimiz janjalda yutqazsak, Rossiya davlat korxonalari xorijiy investorlarga tegişli 90-yillar boşiga qaytadi. Şunda biz katta amakilar neft, gaz, asal va boşqa narsalar savdosidan pul olib ötiradigan Afrika davlatiga aylanamiz. Aholi esa ularning ehtiyojini qondiriş uçungina mavjud bölib qoladi. Bundan taşqari, bizdan doim yaşab kelganimiz milliy madaniyatimizni tortib olişadi.
Uruş oqibatlari haqida
Vaqtida tepagaça sakrab çiqqandik, ammo hozir mudofaa çiziğida turibmiz. Mudofaani uşlab tura olsak, uruş uzoq davom etişi va Rossiya uçun birmunça yaxşi yakunlanişi mumkin. Biz juda uzoq vaqt yakkalanamiz. Şunda özimiz mikrosxemalar qilişni örganişimiz, kompyuterçi olimlar tekinga çiqib ketişini töxtatişimiz kerak böladi.
Mamlakat içida uzoq işlaşimiz kerak böladi. Bizda metall bor, oltin bor, odamlar bor, elektr bor. Şunday ekan snaryad, qurol – nima kerak bölsa hammasini yasay olamiz. Özimizni boqa olamiz. Ammo bizni sanksiyaga kömganlar faqat bitta şart bilan yaxşi munosabatda bölişi mumkin. Ular keling, tizzada turing va boşingizni eging, deyişadi. Xalq bunga tayyor bölsa, ular bizni keçirişadi. Agar bunga tayyor bölmasak, uzoq uruşga tayyor turişimiz kerak. Ular mudofaani yorib ötişadimi yoki yöq – bu uzoq muddatli rejalar. Hozirgi birlamçi vazifa esa özimiz turgan mudofaa çiziğini uşlab qolib, heç kimni ötkazmaslik kerak.













