Reyd davomida fuqaro A.T. Toşkent şahri, Yunusobod tumanida Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 2 dona laylak va 2 ta loçin quşi bolalarini noqonuniy sotmoqçi bölgani aniqlandi.
Noqonuniy olib kelingan quş bolalari yoş va qarovga muhtoj bölganligi, tabiatda yaşab keta olmasligi sababli Toşkent hayvonot boğiga reabilitatsiya uçun belgilangan tartibda topşirildi.
Bu kabi holatlarda MJtKning 92-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştiriladi. Bunday huquqbuzarlik bazaviy hisoblaş miqdorining 10 barobari - 3 300 000 söm jarimaga sabab böladi.












