Uning ma’lumotlariga köra, ukrainalik muhandislar va sapyorlar ba’zi hollarda öz işlari uçun mudofaa istehkomlarini buzib ötişga möljallangan yangi jihozlardan, şu jumladan Germaniyaning Leopard 2 tankiga asoslangan maxsus özgartirilgan transport vositalaridan foydalanyapti.
Vaşington, agar ular Ukraina suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini ta’minlasa, boşqa davlatlarning mojaroni tugatiş böyiça taşabbuslarini rağbatlantiradi.
AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken 2 iyun, juma kuni Helsinki meriyasi binosida Finlandiya xalqaro munosabatlar instituti mezbonlik qilgan tadbirda sözlagan nutqida, Qöşma Ştatlar Ukraina va boşqa ittifoqçilar bilan uruşni tugatiş uçun «adolatli va mustahkam tinçlik»ning asosiy elementlari atrofida konsensus yaratiş ustida işlayotganini ma’lum qildi.
Vaşington, şuningdek, BMT Nizomiga mos keladigan va Ukraina suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini ta’minlasa, boşqa davlatlarning mojaroga barham beriş taşabbuslarini rağbatlantiradi, dedi u öz nutqida.













