Ijtimoiy himoya milliy agentligi va hududlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari taşkil etildi. Quyidagilar agentlik tuzilmasiga ötkaziladi:

2024 yil 1 yanvardan:

  • Soğliqni saqlaş vazirligi tizimidan bolalar uylari;
  • Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tizimidan mehribonlik uylari;
  • mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari tizimidan voyaga yetmaganlar bilan işlaş sektorlari hamda oilaviy bolalar uylari.

2024 yil 1 avgustdan:

  • Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tizimidan alohida ta’lim ehtiyojlari bölgan bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktablar va maktab-internatlar, köp tarmoqli ixtisoslaştirilgan maktabgaça ta’lim taşkilotlari hamda ixtisoslaştirilgan öquv-tarbiya muassasalari;
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidan imkoniyatlari çeklangan şaxslar uçun ixtisoslaştirilgan kasb-hunar maktablari.

2023 yil 1 iyuldan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy xodimlar guruhlari taşkil etiladi. 2023 yil 15 avgustgaça aholini ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam körsatiş dasturlari böyiça, şu jumladan ularning mobil aloqa vositalariga ma’lumot yuboriş orqali xabardor qiliş amaliyoti joriy etiladi.

2023 yil 1 oktyabrgaça “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi işga tuşiriladi. 2023 yil 1 oktyabrdan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi agentlik tasarrufiga ötkaziladi. Aholiga körsatiladigan barça turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, şu jumladan kam ta’minlangan oilalar bolalari uçun nafaqa va moddiy yordamlar böyiça arizalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali qabul qilinadi.

2024 yil 1 yanvardan “Mehr daftari”, “Saxovat va kömak”, “Yoşlar daftari” va “Ayollar daftari” orqali körsatiladigan ijtimoiy yordam va kömaklar qamrab olinadi.

Har haftaning juma kuni “Mehr va saxovat kuni” sifatida belgilanib, barça davlat organlari va taşkilotlari ehtiyojmand aholi, nogironligi bölgan şaxslar hamda yolğiz keksalar holidan xabar oliş, ularga ğamxörlik qiliş hamda xayriya tadbirlari ötkaziladi.