Sirdaryo viloyat IIB, DXX Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat Bojxona boşqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbir davomida kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarining savdosiga çek qöyildi. 

Qayd etilişiça, fuqaro J.M. boşqaruvida bölgan Lacetti Sirdaryo tumani Dehqonobod mahallasi hududiga kelib, Jizzax viloyati, Paxtakor tumanida yaşovçi 24 yoşli S.S bilan uçraşgan va maşinada Mirzaobod tumaniga qarab harakatlanib ketayotgan vaqtida töxtatilgan.

Avtomobil xolislar iştirokida şaxsiy tintuv qilinganida, J.M.ning yonidan 1 dona sellofan paketga joylaştirilgan 11 dona, avtomaşinasi közdan keçirilganda esa 6 dona sellofan paketçaga joylaştirilgan jami 84 dona tarkibida kuçli ta’sir qiluvçi modda bölgan dori vositalari aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida olingan.

Tezkor tadbir davomida fuqaro S.S. ham uşlanib, xolislar iştirokida şaxsiy tintuv qilinganda, yonida bölgan sumkasi içidan 11 dona sellofan paketlarga joylaştirilgan jami 154 dona dori vositalari va 2,5 million sömdan ortiq pullar topilgan. 

Olib borilgan tergovga qadar tekşiruv jarayonida, fuqaro J.M. yonidan hamda avtomaşinasidan aniqlangan jami 95 dona dori vositalarini fuqaro S.S.dan 2,5 million sömga evaziga sotib olgani ma’lum bölgan. Öz navbatida, fuqaro S.S. mazkur dori vositalarini Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yaşovçi K.K.dan olib, uning Guliston şahar va Toşkent viloyatidagi dori vositalar iste’mol qiluvçi mijozlariga sotib, pullarni yetkazib beriş uçun olib kelayotgani aniqlangan. Şundan söng tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro K.K. Paxtakor tumanidagi yaşaş xonadonida uşlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davom etmoqda.