Ukrainada uruşning 466-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • «Rus köngillilari korpusi» (RKK) Belgorod oblasti hududida asir olingan ikki rossiyalik harbiyni namoyiş etib, ularni qöyib yuboriş evaziga oblast gubernatori Vyaçeslav Gladkovni uçraşuvga çaqirdi. Mulozim uçraşuv ötkazişga rozi böldi, ammo muzokara uçun boşqa joyni tayinladi, köp ötmay RF mudofaa vazirligi «ukrain diversantlari»ning Belgorod oblastiga hujumi qaytarilganini ma’lum qildi, RKK va legion vakillari esa Gladkov uçraşuvga kelmaganini ma’lum qilib, yanada köproq asirlarni namoyiş etdi.
  • Belgiya hukumati özi yetkazib bergan miltiqlar RKK a’zolari tomonidan Rossiyaga bosqin vaqtida qöllangani borasida Kiyevdan izoh söramoqda.
  • Rossiya mudofaa vazirligi ukrainlarning qarşi hujumi boşlangani töğrisida xabar qildi. Vazirlik ukrain harbiylarining Janubiy Donetsk yönalişida hujum qilişga urinişi bartaraf etilganini bildirgan. Ukraina qurolli kuçlari esa Rossiya tomoni xabarlarini «axboriy-psixologik operatsiya» deb atadi. Harbiy harakatlar faollaşganini tasdiqlovçi boşqa dalillar keltirilmagan.
  • ISW Ukraina qurolli kuçlari Donetsk va Zaporijjya oblastlarida ilgarilayotganini ma’lum qildi. 4 iyun kuni tarqalgan kadrlarda ukrainlarning mexanizatsiyalaşgan kuçlari Rivnepildan şimoli-şarqqa tomon harakatlanayotganini köriş mumkin.
  • RF mudofaa vazirligi e’lon qilgan normativ akt loyihasiga köra, rossiyaliklar harbiy komissariat binosiga kelmagan taqdirda ham ularni harbiy hisobga qöyiş mumkin böladi.

Rossiya bilan çegaradagi ukrain harbiylari

1 iyun tongida, RF mudofaa vazirligi iddao qilişiça, rossiyalik harbiylar Belgorod oblasti Şebekino şahrida «Kiyev rejimining terrorçilik akti sodir etişga navbatdagi urinişining oldini oldi». Vazirlikka köra öşa kuni tongda, çegara hududida jami 50 nafardan ortiq «ukrain terrorçilari» yöq qilingan.

4 iyun kuni Rossiya qöşini Xarkiv oblastining Ukraina-Rossiya çegarasidan beş kilometr masofadagi (Şebekinogaça 20 kilometr) Volçansk şahriga hujum qildi. Xarkiv oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovga köra, ma’muriy bino şikastlangan, ikki uy va xöjalik qurilmasi qisman vayron bölgan. Jabrlanganlar yöq.

Quyida Ukraina qurolli kuçlarining Rossiya bilan çegara atrofidagi pozitsiyalari aks etgan suratlar.

Xarkiv oblastida sovetlar davriga mansub taşlandiq aerodrom. Ufqda çegara çiziğida yuqoriga örlayotgan tutun körinadi.
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuçlarining Rossiya bilan çegara yaqinidagi pozitsiyasi
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain harbiy avtomobillari Rossiya-Ukraina çegarasi yaqinida harakatlanmoqda
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuçlariga Amerika tomonidan yetkazib berilgan HMMWV (Humvee) avtomobillari Rossiya-Ukraina çegarasi yaqinida
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Volçanskdan çegaraga olib boruvçi yöl
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Belgorod oblastida tayyorlanayotgan köngillilar

May oyi oxirida, Rossiyaning çegaradoş hududlariga hujumlar köpayganida, Belgorod oblasti gubernatori Vyaçeslav Gladkov regionda qariyb uç ming kişidan iborat yettita hududiy mudofaa batalonlari taşkil etilganini xabar qildi.

Gladkov qonunçilikka köra otryadlar qurol kötarib yurişi mumkin emasligiga e’tibor qaratgan va bu masalani «huquqiy maydon»da hal qilişga harakat qilişini aytgandi. Ayni vaqtga kelib batalonlarni qurollantiriş masalasi qanday ketayotgani ma’lum emas. Ammo otryadlar iştirokçilari faol maşğulotlarni davom ettirmoqda.

 Horlivka öqqa tutilişi oqibatlari

Horlivka — anneksiya qilingan Donetskdan taxminan 50 kilometr şimoli-şarqda joylaşgan, 2014 yil bahoridan buyon «DXR» nazoratida qolayotgan şahar.

4 iyun kuni şaharning Moskva tomonidan tayinlangan meri Ivan Prixodko Ukraina qurolli kuçlari tomonidan zarba berilganini xabar qilib, hujum vaqtida Horlivkadagi ibodatxonalarda Troitsa bayrami munosabati bilan ibodat ötkazilayotgan bölganini qayd etgan. Bir neça xususiy uylar şikastlangan, elektr uzatiş liniyalari uzilgan; tinç aholi vakillaridan bir kişi yaralangan.

Horlivkada yaşovçi 63 yoşli Valentina ukrain harbiylarining zarbasiga uçragan uyida
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
55 yoşli Yuliya ukrain harbiylari zarbasi vaqtida şikastlangan öz uyi derazasi oldida
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainaning turli hududlaridan suratlar