Eron Rossiya, AQŞ va Xitoy bilan bir qatorda uşbu texnologiyaga ega bölgan tört davlatdan biriga aylandi. Şu bilan birga, Rossiyaning «Kinjal» gipertovuşli raketasi maksimal tezligi «Fattoh»ning e’lon qilingan parametrlaridan kamroq.
Marosimda Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, IIMK qömondoni, general-leytenant Husayn Salamiy, IIMK Havo va kosmik kuçlar qömondoni, brigada generali Amir Ali Hojizoda iştirok etdi.
IIMKning bildirişiça, «Fattoh» 1400 kmgaça parvoz masofasiga ega va har qanday havo mudofaa tizimi yoki raketaga qarşi mudofaa tizimini çetlab ötib, ularni yöq qilişga qodir. Şuningdek, xabarda aytilişiça, raketa radar tizimlari uçun körinmaslik xususiyatiga ham ega.
29 may kuni Amir-Ali Hojizoda Eron yangi gipertovuşli raketani muvaffaqiyatli sinovdan ötkazganini ma’lum qildi. Hojizoda nutqidan köp ötmay Eronning hukumatparast «Jam-i Jam» naşri «Tel-Avivga 7 daqiqa» sarlavhasi bilan maqola çop etdi. Maqola fors, ingliz va ivrit tillarida çop etilgan bölib, unda IIMK tomonidan nafaqat Isroilga yetib boriş, balki barça raketalarga qarşi mudofaa va havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlarini çetlab ötib, nişonga aniq zarba berişga qodir bölgan gipertovuşli raketani yaratiş haqida söz yuritilgan.












