Mahalliy hokimiyat organlarining 6 iyun, seşanbaga ötar keçasi bergan ma’lumotlariga köra, Haitida sönggi kunlarda suv toşqinlari va köçkilar oqibatida kamida 42 kişi halok böldi. Mahalliy qutqaruvçilarga köra, yana 11 kişi bedarak yöqolgan.

Bir neça kun avval boşlangan yomğirlar mamlakatning 10 ta departamentidan 7 tasida suv toşqini va vayronagarçiliklarga sabab böldi, deya xabar beradi AFP agentligi. BMT ma’lumotlariga köra, 37 ming kişi jabr körgan, 13 mingdan ortiq kişi uyini taşlab ketişga majbur bölgan.

Ayniqsa, mamlakat poytaxti Port-o-Prensdan 30 kilometr ğarbda joylaşgan Leogan şahri köp jabr kördi. U yerda 3 ta daryo öz qirğoğidan çiqib ketgan va mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga köra, 20 dan ortiq kişi halok bölgan. Şahar meri Anri Ernsonning aytişiça, aholi dalalari va çorva mollaridan ayrilgan. Leoganda oziq-ovqat, suv va tibbiy buyumlar yetişmayapti.