Ötgan yakşanba Toşkentda yoğgan bir neça soatlik yomğirga mavjud infratuzilma doş berolmadi. Çaqmoq oqibatida “svet” öçdi, drenaj tizimidagi muammolar sabab esa yöllarni suv bosdi. Ba’zi mavzelarda kiçik toşqinlar röy berdi. Yana ozgina yomğir yoğsa, favqulodda holat yuzaga kelişi mumkin edi, deydi şaharsoz.
Bu yili bahor yomğirlarga boy ötmoqda. Faslning oxirgi oyida ketma-ket yomğirli kunlar bölişi avvaldan e’lon qilingandi. Yakşanba, 3 may kungi biroz kuçli yoğgan yomğir esa noodatiy oqibatlarni keltirib çiqardi. Yomğir bir neça soat, kuçli yomğir esa bir neça daqiqa yoğdi xolos. Lekin Özbekistonning poytaxti – Toşkentdagi mavjud infratuzilma bunga doş berolmay qoldi.
Avvalo, Toşkent metrosining “Çorsu” bekati deyarli suv ostida qoldi. Ayniqsa, bekatning kiriş qismi yarmigaça suvga töldi. Bundan taşqari, köçalar, mavzelarda kiçik toşqinlar röy bergan. Çilonzor tumanidagi mavzelarda yaşovçi aholi köçaga çiqib bölmaydigan vaziyat yuzaga kelgani haqida gapirib, videolar tarqatdi.
Vaziyatning eng muhim tomoni şundaki, yoğgan yomğir öta kuçli emasdi va bunday darajada yoğişi avvaldan e’lon qilingan edi. Biroq drenaj tizimi va atmosfera suvlarini çiqarib taşlovçi infratuzilma bitta yomğirga “çidolmadi”.
Kun.uz bilan suhbatlaşgan şaharsoz, Toşkent Arxitektura-quriliş institutining şahar infratuzilmasi kafedrasi mudiri Asadulla Hotamovga köra, öşa kuni yana biroz yomğir yoğsa, mavjud infratuzilma bilan favqulodda holat röy berişi mumkin edi. Uning qöşimça qilişiça, suv töplanib ketişining qator sabablari bor va bu yillar davomida yiğilib kelayotgan muammo.
“Bundan 30 yil avval ilk Toşkentga kelganimizda jarliklar bölar edi, hozir quritib, töldirib taşlaşdi. Yiğilgan suvlar öşanda jarliklar tomon harakatlanardi. Bundan taşqari, ariqlar bir-biridan uzilgan, borining içi esa axlatga tölib ketgani sabab şunday toşqin yuz bergan bölişi mumkin”, deydi şaharsoz.
Bundan taşqari, şaharlarning qurilişida vertikal loyihalaştiriş juda muhim. Ya’ni atmosfera suvlarini çiqarib taşlaş vazifasini bajaruvçi quvurlar va vertikal qoçiriş tarmoğida bugun real mummolar kuzatilmoqda.
“Drenaj bu yerosti suvlarini maromida uşlab turuvçi tizim, drenaj bilan boğliq muammolarimiz asosiy sabab deb bilmayman. Bu yerda gap suv qoçiriş tarmoqlarida. Çunki suv oqiziş koeffitsiyenti bor, oddiy yer, beton va asfalt suvni turliça qabul qiladi. Şundan kelib çiqib, vertikal loyihalaştiriş muhim”,








