Rossiya mudofaa vazirligi vakili general Igor Konaşenkovning 5 iyun kuni ertalab bergan hisobotida Ukraina bir vaqtning özida frontning beş sektorida qarşi hujum boşlagani aytilgan. Xabar qilinişiça, hujum 4 iyun kuni ertalab boşlangan bölib, unga jami «oltita mexanizatsiyalaşgan va ikkita tank bataloni» jalb qilingan.

«Duşman öz maqsadiga erişa olmadi. Ular tomonda heç qanday muvaffaqiyat bölmadi», degan Konaşenkov.

Rossiya tomoni hujum qaytarilişi natijasida Ukraina qurolli kuçlarining yöqotişlari 250 kişini taşkil etgani, Boş ştab boşliği Valeriy Gerasimov esa harbiylarning front çiziğidagi harakatlarini şaxsan nazorat qilganini da’vo qildi.

Ukraina qurolli kuçlari Rossiya tomoni xabarlarini «axboriy-psixologik operatsiya» deb atadi va qarşi hujum boşlanganini tasdiqlamadi.

«Ukrainaliklarni ruhiy tuşkunlikka tuşiriş va jamiyatni (jumladan, öz aholisini) çalğitiş uçun rus propagandaçilari qarşi hujum, uning yönalişlari va Ukraina armiyasining yöqotişlari haqida yolğon ma’lumot tarqatmoqda. Hatto heç qanday qarşi hujum bölmasa ham. Buning uçun halok bölganlar va asirlarning yöq qilingan texnikalari aks etgan eski video va fotosuratlar tayyorlangan. Şuningdek, boşqa soxta materiallar ham», — deyiladi Ukraina qurolli kuçlarining strategik aloqa boşqarmasi bayonotida.

Turli yönalişlar böylab hujumlar

Ayni paytda, rossiyalik «harbiy muxbirlar»ning joylardan olgan xabarlari Rossiya tomoni uçun xavotirli körinadi.

«Hozir Vuhledar va Velikaya Novosyolkaning deyarli aniq örtasida, front çiziğida joylaşgan Novodonetskoye qişloği uçun oğir janglar ketmoqda. Duşman biz avval nazorat qilgan hududga kamida ikki kilometr masofada kirib, aholi punktining çetida mustahkamlanib olişga muvaffaq böldi», deb yozadi bosqinni qöllovçi WarGonzo militaristik telegram-kanali.

«Erta tongdan boşlab ikki yönalişda faol janglar davom etmoqda. Keçagi muvaffaqiyatsizlikdan söng, duşman katta kuç bilan ğarbdan Vuhledar yönalişiga ötdi. Ehtimol, janubdan qurşovga oliş maqsadida. Biroq, Kiyev «DXR»ni ikkiga böliş maqsadida Nikolskiy va Manguşevga, şuningdek, Volnovaxaga qarab harakatlanişi mumkin», deya xabar beradi boşqa bir rossiyalik propagandaçi Aleksandr Kots.

«Duşman Artemovsk hududida ham hujum operatsiyalarini ötkazmoqda. Soledar şahri şimoli artilleriyadan öqqa tutilmoqda. Baxmutning janubi-ğarbiy qismida ham janglar ketmoqda», deya qöşimça qilgan Kots.

Foto: Reuters

«Qöşinlar jimgina juftakni rostlamoqda»

Ukraina bölinmalarining Vuhledar yaqinida oldinga siljiganini «DXR»ning «Vostok» bataloni komandiri Aleksandr Xodakovskiy ham tasdiqlagan.

«Vuhledarning çap qanotida duşman çeklangan kuçlar bilan, öntagaça zirhli texnikadan foydalangan holda Zolotaya Niva – Novodonetskoye yönalişi böylab hujumga ötdi. Hozirgaça ular muvaffaqiyatga erişmoqda. Tunning ikkinçi yarmida ular Velikaya Novosyolka yaqinidagi keçagi joyda bosimni davom ettiradigandek taassurot qoldiruvçi harakatlar qila boşladi», degan Xodakovskiy.

«Havo razvedkasi taktik hududda öttiztagaça zirhli texnikaning harakatini qayd etdi, ammo çeklangan imkoniyatlar tufayli «kötariliş» nuqtasini örnatolmadi. Natijada, hozirda Novodonetskoyeda harakat qilayotgan zarbdor guruh deyarli sezdirmasdan hujum çiziğiga yetib keldi.

Duşman odatdagidek aloqalarni buziş orqali bizni qiyin ahvolga solib qöyişga muvaffaq böldi. Vaziyat rivojlanmoqda», deb yozadi Xodakovskiy öz telegram-kanalida.

«Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojin esa rus qöşinlari Baxmut şimolidan çekinayotgani haqida xabar berdi.

«Boş ştab boşliği Valeriy Gerasimov va Şoygu qöşinlarni qayta guruhlab, Berxovka suv ombori böylab joylaştirganda, ular bu Berxovka aholi punktini himoya qilişga qaratilgan qadam ekanini aytişgandi, çunki bu hudud juda qulay pozitsiya ekan. Şunçalik foydaliki, barçasini unga almaştirişdi. Hozir esa Berxovka posyolkasining bir qismi allaqaçon yöqotildi, qöşinlar jimgina juftakni rostlamoqda. Şarmandalik!» ­— deb yozgan Prigojin.

Heç kim hujum boşlanganini e’lon qilmaydi

Ukraina tomoni Berxovka yaqinidagi oldinga siljiş haqida heç qanday ma’lumot bermagan.

Amerika Uruşni örganiş institutining (ISW) sönggi hisobotida aytilişiça, 4 iyun kuni Ukraina qöşinlari Donetsk oblastining ğarbiy qismida va Zaporijjya oblastining şarqiy qismida quruqlikda lokal hujumlar uyuştirgan va çeklangan taktik muvaffaqiyatlarga erişgan.

«4 iyun kuni e’lon qilingan geolokatsiya tasvirlarida Ukraina mexanizatsiyalaşgan kuçlari Rivnopol şimoli-şarqida olğa siljiyotganini köriş mumkin», deydi harbiy ekspertlar. Ular, şuningdek, ba’zi rossiyalik harbiy blogerlarning Ukraina qöşinlari Rossiya mudofaasining birinçi çiziğini yorib ötgani va bu hududda 3 kilometr oldinga siljigani haqidagi xabarlariga e’tibor qaratdi. ISW ekspertlari ta’kidlaşiça, ertalabki hisobot paytida bu xabarlarning vizual tasdiqlari bölmagan.

BBC Ukraina xizmatining Ukraina rasmiy tuzilmalaridagi manbalari heç kim qarşi hujum boşlanganini e’lon qilmasligini aytgan. Ularning taxminiga köra, Ukraina kuçlari Rossiya mudofaasini turli sektorlarda yorib ötişga harakat qiladi va himoya eng zaif bölgan joyga hujumga ötadi.

5 iyun kuni keçqurun Ukraina mudofaa vaziri Anna Malyar ukrain armiyasi Baxmut yönalişida «keng front» böylab oldinga siljiyotganini ma’lum qildi. U Rossiya tomonining bayonotlariga zid ölaroq, asosiy harbiy harakatlar Baxmut atrofida keçayotgani va bu yönalişda ukrain bölinmalari «keng front» böylab oldinga yurayotganini aytdi.

«Biz ayrim yönalişlarda hujum harakatlariga ötyapmiz. Xususan, Baxmut yönalişi harbiy harakatlar epimarkazi bölib qolmoqda. Bu yerda biz ança keng front böylab ilgarilayapmiz. Yutuqlar bor. Baland tepaliklarni egallayapmiz», deya yozgan Malyar.

Bu operatsiya keng kölamli hujumga aylanadimi?

Oleg Çerniş, BBC News Ukraina muxbiri:

«Rossiya mudofaa vazirligi bayonotiga Ukraina izoh bermadi yoki bu axboriy-psixologik operatsiya degan ma’noda şarh berdi. Ukraina mudofaa vazirligining strategik kommunikatsiyalar bölimida Rossiya tomoni «muvaffaqiyatsiz qarşi hujumga ötgan ukrainalik harbiylarning yöq qilingani» tasvirlangan sahna körinişlari tayyorlangani haqida xabar bor edi.

Şu bilan birga, bugun ertalab va keça keçki payt ukrainalik harbiylar, köngillilar va frontga yaqin bölgan şaxslar ijtimoiy tarmoqlarda «Boşlandi!», «Xudo yor bölsin!», «Olğa!» kabi noaniq xabarlarni tarqata boşladi. Şubhasiz, gap qarşi hujum haqida ketmoqda deb taxmin qiliş mumkin. Bundan taşqari, bu kontekstda Rossiyaning «harbiy muxbirlar» deb ataluvçi blogerlari, şuningdek, «DXR»ning ijtimoiy tarmoqlardagi faol arbobi, sobiq dala qömondoni Aleksandr Xodakovskiyning xabarlari muhim ahamiyatga ega.

Ularning xabarlari Rossiya mudofaa vazirligining xabarlari kabi nurli emas. Ular Velikaya Novosyolka (Zaporijjya va Donetsk oblastlari çegarasidagi, Vuhledardan unça uzoq bölmagan kiçik şaharça) yaqinidagi hududda taxminan ikkita brigada yoki sakkizta batalondan iborat Ukraina qöşinlarining harakati boşlangani va bu sektorda ular bir neça kilometr oldinga siljişga muvaffaq bölgani haqida ma’lumotni tasdiqlagan.

ISW ma’lumotlariga köra, siljiş uç kilometrni taşkil etgan. Uşbu uruş şaroitida: qurollar bilan töldirilgan, minalangan maydonni bir keçada şunça masofaga bosib ötiş — bu sezilarli yutuqdir.

Ya’ni, frontning bu sektorida siljiş bor, lekin Ukraina qurolli kuçlari foydalanayotgan kuçlar, bölayotgan voqealarni katta hujum deb ataş uçun yetarli emas. Bu operatsiya keng kölamli hujumga aylanadimi? U yanada rivojlanadimi? Buni keyingi voqealar orqali köramiz».

«Nimadir allaqaçon boşlangan»

Professor Maykl Klark, harbiy tahlilçi, Birlaşgan Qirollik mudofaa tadqiqotlar instituti (RUSI) sobiq rahbari:

«Menimça, Ukraina hujumi bir neça hafta oldin, dronlar yordamida front ortiga zarbalar, turli yönalişlarda — Soledar, Vuhledar, Baxmut, Zaporijjyaning Novodarovka rayonida hujumlar, Belgorod oblastidagi voqealar bilan boşlangandi. Garçi ular Kiyev harakatlariga töğridan töğri aloqador bölmasa-da, keskinlikni kuçaytirmoqda. Nimadir allaqaçon boşlangan, u qanday rivojlanişini köramiz. Mening öylaşimça, 4 iyun kuni ukrainaliklar quruqlikdagi operatsiyani boşladi.

Uşbu hujumni rivojlantirişning bir neça yöli mavjud. Birinçisi, çalğituvçi manyovrlardan söng, Ukraina qurolli kuçlari oğir texnikasining butun zarbasi bir yönalişga beriladi.

Yana bir variant — zarbalar seriyasi. Ular göyoki turli eşiklarni buzib köradi va eng oson oçiladigan eşikka butun kuçni taşlaydi.

Uçinçi variant esa bir qator kiçik zarbalar bölib, ular keyinçalik katta hujumlarga aylanadi. Biz balki keyingi haftagaça yoki hatto bir haftadan keyinga qadar hujum qanday rivojlanişini bilmaymiz», degan janob Klark.