Xitoy yaqin bir neça yil içida Qozoğiston bilan savdo hajmi böyiça Rossiyadan özib ketadi, deya ma’lum qildi respublika boş vaziri örinbosari. Uning sözlariga köra, 2030 yilga borib Qozoğistonning Xitoy bilan savdosi butun Yevropa Ittifoqi bilan savdodan oşadi. Rossiya Sovet Ittifoqi parçalanganidan keyin 30 yildan ortiq vaqtdan beri Qozoğistonning eng yirik savdo şerigi bölib kelgan, biroq sanksiyalar uni ikkinçi planga ötkazib, Xitoyga Markaziy Osiyoda öz ta’sirini kuçaytirişga imkon berdi, deb yozadi Bloomberg.
Xitoy tez orada Qozoğiston bilan savdo hajmi böyiça Rossiyadan özib ketadi. Bu haqda respublika boş vaziri örinbosari, Qozoğiston savdo vazirligi rahbari Serik Jumangarin Bloomberg agentligi bilan suhbatda ma’lum qildi.
Rossiya Sovet Ittifoqi parçalanganidan keyin 30 yildan ortiq vaqt davomida Qozoğistonning eng yirik savdo şerigi bölib kelgan, biroq unga qöllangan moliyaviy va iqtisodiy sanksiyalar Moskvani ikkinçi öringa tuşirib, Xitoyga Markaziy Osiyo mintaqasida öz ta’sirini kuçaytiriş imkonini berdi, deya ta’kidlaydi agentlik.
Jumangarinning sözlariga köra, Qozoğiston bilan savdo hajmi böyiça Xitoyning Rossiyadan özib ketişi «bir neça yillik iş». 2030 yilga borib esa Qozoğistonning Xitoy bilan savdosi respublikaning Yevropa Ittifoqining barça 27 davlati bilan savdosidan oşib ketadi, dedi vazir.
Qozoğiston Milliy statistika byurosi ma’lumotlariga köra, ötgan yili Xitoy va Qozoğiston örtasidagi savdo hajmi uçdan bir qismga ösib, 24 milliard dollarga yetdi, bu Rossiya bilan savdodan atigi 2 milliard dollarga kam. 2022 yilda ular 6 foizdan biroz köproqqa ösdi.











