Yevropa Ittifoqi YeIga a’zo beşta davlat uçun Ukrainadan qişloq xöjaligi mahsulotlarining ayrim turlarini olib kirişni vaqtinçalik taqiqlaşni 15 sentabrgaça uzaytirdi. Bu haqda 5 iyun, duşanba kuni Yevrokomissiya saytida e’lon qilingan xabarda aytiladi.

2 may kuni Bryussel Ukrainadan Bolgariya, Vengriya, Polşa, Ruminiya va Slovakiyaga buğdoy, makkajöxori hamda kungaboqar uruğlarini olib kirişni vaqtinçalik taqiqlab qöygan edi. Yevropa Ittifoqi 15 sentabrgaça barça çeklovlarni olib taşlaş niyatida ekanligini e’lon qildi, ammo endi ular "alohida holatlar", jumladan, logistika qiyinçiliklari va saqlaş hajmining yetişmasligi tufayli talab qilinadi.

Şu bilan birga, çora-tadbirlar “Yevropa Ittifoqining Ukrainani qöllab-quvvatlaş va dunyoni oziq-ovqat bilan ta’minlaş uçun muhim bölgan öz ğallasini eksport qiliş qobiliyatini saqlab qoliş böyiça qat’iy majburiyatiga mos keladi”, deyiladi Bryussel bayonotida.

Uzoq vaqt davomida Qora dengiz portlari orqali don eksport qiliş imkoniyatidan mahrum bölgan ukrainalik fermerlar Yevropa Ittifoqi çeklovlarini öta tanqidiy qabul qildi va ularni bekor qilişni söramoqda.