Kaxovka GES Dnipro daryosida qurilgan gidroelektrstansiyalar kaskadining oltinçi bosqiçi va Xerson oblastining Nova Kaxovka şahridan 5 km şimolda joylaşgan.
Qayd etiş joizki, Ukrainaning Xerson oblastidagi Dnipro daryosining söl qirğoğida joylaşgan Kaxovka va Nova Kaxovka aholi punktlari Rossiya qöşinlari okkupatsiyasi ostida. Daryoning öng qirğoği 2022 yilning noyabr oyi boşlarida Ukraina QK tomonidan ozod qilingan edi.
Ayni paytda kritik darajada suv bosişi mumkin bölgan zonada 16 ming kişi qolgan, öndan ortiq aholi yaşaş punktlari xavfli zonada joylaşgan.
Rossiya tomoni avvalroq BMT Xavfsizlik kengaşida Ukraina qurolli kuçlari tomonidan GESning öqqa tutilişi bilan boğliq provokatsiyalarni töxtatişga çaqirgan xatni tarqatgan edi.
Rossiya naşrlari töğon Ukraina harbiylarining öt oçişlari tufayli yorilib ketganini ta’kidlaşmoqda.
Ammo Ukraina tomoni GES töğonining portlatilişida rossiyalik harbiylarni ayblamoqda. Okkupatsiya ostidagi Nova Kaxovka şahrining Ukraina tomonidan tayinlangan meri Volodimir Kovalenko GESning maşina zali portlatib yuborilganini aytgan. «Ukrgidrenergo» AJ esa GESni endi tiklab bölmasligini ta’kidlagan.

Ukraina Razvedka boş boşqarmasi 2022 yil aprelidan buyon rus qöşinlari suv ombori töğonini minalaştiriş böyiça asosiy işlarni amalga oşirib bölişganini ta’kidlab keladi. 2022 yil oktyabrida Kaxovka GESi şlyuzlari va tirgaklarini qöşimça ravişda minalaştirişgan.
«Töğonda tentlangan ikkita «KamAZ» maşinasi haydovçilarisiz örnatilgan. Ularga töliq portlovçi moddalar ortilgan», — deb yozgandi Ukraina razvedka boş boşqarmasi.
Ukrainaning «Ateş» partizanlik harakati Kaxovka GESi töğonini kim portlatganini aniqlab bölişganini ta’kidlagan. Ularning axborotiga köra, bu işni RF MV 205-motoöqçi brigadasining 1-bataloni askarlari qilişgan.
Şaharlarni şiddat bilan suv bosmoqda
Nova Kaxovka şahrini ham sekin asta suv bosmoqda. Volodimir Kovalenkoga köra, suv allaqaçon şaharning Dnipro şohköçasigaça yetib kelgan. Şahar hayvonot boği, yozgi teatr, Şevçenko haykali oldigaça suv yetib kelgan.
«Portlatiş juda dahşatli tus oldi. Ular nafaqat töğon ustidagi yölni, Kaxovka GESining maşina zalini ham portlatişgan. Vayrongarçiliklar texnogen xarakterga ega — suv omboridan katta hajmdagi suv oqib çiqmoqda», — degan u.

Kovalenkoning sözlariga köra, rossiyaliklar özlari okkupatsiya qilgan hududlarda informatsion vakuum hosil qilib, signallarni tösişmoqda. Operativ vaziyatdan öz vaqtida xabardor böliş murakkab bölib turibdi.
Dnipro daryosining quyi oqimida suv hajmi köpaymoqda. Nova Kaxovka rayonining Rossiya ta’siridagi ma’muriyati rahbari Vladimir Leontev Nova Kaxovkada suv sathi 10 metrga kötarilganini ta’kidlagan. Uning sözlariga köra, Korsunka va Dnipryani aholi punktlarida tinç aholini evakuatsiya qiliş boşlangan.

Avvalroq Ukraina hukumati Dnipro daryosining öng sohiliga evakuatsiya boşlanganini e’lon qilişgan edi. Ukraina IIV rahbari Igor Klimenko Toşkent vaqti bilan 12:00 gaça 742 kişi qutqarilganini aytgan. Ayrim aholi punktlariga qutqaruvçilar yetib bora olişmayapti.

Töğon portlatilişi qanday oqibatlar keltirib çiqaradi?
70 foiz suvni Kaxovka suv omboridan oladigan Kriviy Rig (Krivoy Rog) şahrida ham suv bilan boğliq muammolar boşlangan. Şahar ma’muriyati rahbari Oleksandr Vilkulning yozişiça, suv iste’molini zudlik bilan 30 foizgaça kamaytiriş talab etiladi. Şahar aholisi dökonlardan ommaviy tarzda içimlik suvini xarid qila boşlaşgan.
Zaporijjya atom elektr stansiyasi ham Dnipro daryosi qirğoğida joylaşgan. Suv ombori sathi tuşib ketişi ham AES işiga salbiy ta’sir ötkazadi.
Suv ombor töğoni oldidan Şimoliy Qrim kanaliga ham suv olinadi. Suv sathi tuşib ketişi kanalga suv ötmay qöyişi, binobarin, uruş boşlanganidan buyon Dnipro daryosidan töyintirilayotgan Qrim yarimorolining suv ta’minoti ham töxtaşiga olib keladi.

Aynan mana şu vaj bilan Rossiya tomoni töğon qarşi hujumga tayyorlanayotgan ukrainaliklar tomonidan portlatilgan degan versiyani ilgari surib, javobgarlikni Ukraina QK zimmasiga yuklamoqçi bölmoqda.
Lekin Şimoliy Qrim kanalidan taşqari, Dnipropetrovsk oblasti va Kriviy Rig şahrini suv bilan ta’minlovçi Kaxovka kanali ham suv omboridan suv oladi. Suv sathi pasayişi bilan bu kanallarga suv ötmay qöyadi. Yuz ming gektarlab dalalar, önlab kiçik aholi punktlari va katta bir şahar suvsiz qoladi.
Rossiya hukumati Qrimga suv qaytişini bayram qilgandi, ammo endi suv yana yöqolişidan qayğuga tuşmayapti
«Qrimda 2,5 mln kişi yaşaydi. [Ukraina hukumati] suvni uzib qöydi. Qöşinlar kirişiga va Qrimga suvni oçişiga töğri keldi. Bu bizning harakatlarimiz mantiğiga misol. Agar bu harakat qilinmaganida - boşqa harakat ham bölmasdi», - 2022 yil 14 oktyabrida Vladimir Putin Astanadagi çiqişi vaqtida uruş reja asosida ketayotgani va Rossiya qöşinlari barçasini töğri qilayotganini şunday tuşuntirib bergandi.
2022 yil 24 fevralida, Rossiyaning Ukrainaga bosqini boşlanib, Xerson oblasti zudlik bilan egallab olinganida esa anneksiya qilingan Qrim rahbari Sergey Aksenov darhol Şimoliy Qrim kanalidan suv ta’minotini tiklaşga buyruq bergandi.
Öşanda Aksenov Qrimga suv ta’minoti tiklanişi boşlangan uruş maqsadlaridan biri ekanini yaşirmagandi. Kanal razblokirovka qilinişi önlab milliard rublni tejaş va yarimorolda qişloq xöjaligini qayta yölga qöyişga imkon bergan.
Senator Olga Kovitidi öşanda köplab intervyularida tez orada yarimorolda xuddi sovetlar davrida bölgani kabi yana guruç va makkajöxori yetiştiriş boşlanişini takrorlagan, propaganda buni xursandçilik bilan nişonlagandi.

Endi esa rossiyalik mulozimlar bugungi hodisa Qrimga heç qanday ta’sir körsatmasligini aytişga şoşilmoqda. Ertalab RIA Novosti muxbiriga töğonda barçasi joyidaligini aytgan Nova Kaxovka «meri» Vladimir Leontev esa endilikda kanal suvsizlanişi xavfi yöqligini aytmoqda. Sevastopol gubernatori Mixail Razvozjayev esa barçasi joyida bölişi, çunki yarimoroldagi suv omborlari töldirilganiga işontirişga urinmoqda - lekin bu suv omborlarga suv şu kanaldan keladi.
Kaxovka GES vayron bölişi natijasida katta ehtimol bilan yarimorol yana suvsiz qoladi. Endi Rossiya rasmiylari ham Qrim bu suvga unçalik muhtoj bölmagani haqida ayta boşlaşini kutiş qoldi.













