Vençur kapitali tomonidan qöllab-quvvatlanadigan Yevropa texnologik startaplarini moliyalaştiriş 2022 yilga nisbatan 2023 yilda 39 foizga qisqaradi, deb xabar berdi CNBC Atomico prognoziga tayanib.

2023 yilda investitsiya fondi tahlilçilari başorat qilişlariça, investitsiyalar hajmi 2022 yildagi 83 milliard dollarga nisbatan 51 milliard dollarni taşkil qiladi. Şu bilan birga, ötgan yil ham Yevropa texnologik startaplari uçun oğir böldi — ularga investitsiyalar 22 foizga kamaydi (2021 yildagi 106 milliard dollardan 83 milliard dollargaça).

Moliyalaştirişning keyingi bosqiçlarida kompaniyalar umumiy investitsiya yöqotişlarining 93 foizini taşkil etişi kutilmoqda, bu 2022 yildan 2023 yilgaça bölgan davrda taxminan 28 milliard dollarni taşkil etadi. Dastlabki bosqiçdagi startaplarni moliyalaştiriş sezilarli daraja kamaydi. 15 million dollardan kam mablağ jalb etgan kompaniyalarni moliyalaştiriş 2023 yilning birinçi yarmida ötgan yilning şu davridagi 10,3 milliard dollardan 8,2 milliard dollarni taşkil etdi.

Köp jihatdan moliyalaştirişning qisqarişiga amerikalik investorlarning global omillar, jumladan Ukrainadagi vaziyat va Federal zaxira tizimi hamda eng yirik davlatlarning markaziy banklari tomonidan pul-kredit siyosatining keskinlaşuvi ta’siri ostida bölgan texnologiya kompaniyalari aksiyalariga qiziqişi pasayişi sabab böldi. Uşbu omillar investorlarni foyda keltirmaydigan texnologik kompaniyalarga nisbatan öz pozitsiyalarini qayta körib çiqişga undadi, ularning qiymati odatda kelajakdagi pul oqimlarini kutişiga boğliq, deb ta’kidlaydi CNBC.