Iskandar Tursunov, “Al Muamalat Consulting” rahbari: 20 ga yaqin bank islomiy bank darçalarini oçiş uçun tayyorgarlik bosqiçini boşladi. Qonun qabul qilinganidan keyin, tabiiyki, qonunosti hujjatlarida islomiy bank litsenziyasini oliş uçun bankda nimalar qilinişi, qanday şartlar bajarilişi va qanday huquqiy asoslar yaratilişi kerakligi aniq belgilanadi. Bu kadrlarni tanlaşdan tortib, bankda islomiy bank xizmatlarini körsatişda muhim sanaladigan maxsus kengaş – biz şariat kengaşi deyapmiz – vakolatlarigaça bölgan jarayonlarni qamrab oladi. Şu talablar asosida banklar Markaziy bankka hujjat topşirib, islomiy bank litsenziyasini olişga harakatni boşladi. Markaziy bank xalqaro islom moliyasi ekspertlarini jalb qilgan holda, kamçiliklarga yöl qöymaslik uçun nizomlarni qayta körib çiqdi. Şu sabab hujjat topşiriş jarayoni biroz keçikdi. Ammo bu keçikiş banklarimizning foydasiga: işlar yanada töğri yölga qöyilib, keyinçalik qöşimça işlarni qaytadan qilişga töğri kelmasligi uçun.
Şokir Şaripov, jurnalist: Men oddiy bir Özbekiston vatandoşi sifatida qaçon borib bevosita şu darçalarga murojaat qila olaman?
Hayotjon Azimov, “Al Muamalat Consulting” eksperti: Markaziy bankda arizalarni körib çiqiş muddati qonunda belgilangan. Ular körib çiqilib, litsenziya berilganidan keyin banklar tölaqonli faoliyatni boşlaydi. Bu taxminan yil oxiri – keyingi yil boşlariga töğri kelişi kerak.
Şokir Şaripov: Demak, mana şu joriy yilning oxirida men bevosita banklardan qaysi biriga murojaat qilişni tanlay olaman. Şunaqami?
Hayotjon Azimov: Ha. Strategiya böyiça kamida bitta bankka litsenziya beriş közda tutilgan. Yaʼni kamida bitta bank şu yil islomiy bank faoliyatini, islomiy tamoyillar asosida xizmat körsatişni boşlaydi. Demak, sizda şu yil oxirigaça, Xudo xohlasa, anʼanaviy bankdami yoki islomiy bankda hisob oçamanmi, degan tanlov böladi. Keyingi yil va undan keyingi yillarda esa islomiy banklarning örtasida qaysi biriga boraman, degan tanlov bölişi ustida işlayapmiz.
Iskandar Tursunov: Ayni paytda Özbekistonda banklarda birorta islomiy bank darçasi mavjud emas. Aynan şunday darçalarni oçiş uçun banklar Markaziy bankka hujjat topşirdi. Bilişimizça, bir neçta bank hujjat taqdim etgan. Markaziy bank bilan muloqotlarda va belgilangan nizomlarda bu jarayon ikki-uç oygaça vaqt olişi aytilgan. Şundan kelib çiqsak, taxminan noyabr oylariga borib ayrim banklar islomiy bank darçasi uçun litsenziya olişi mumkin. Markaziy bank bu jarayonga juda jiddiy va jadal kirişgan. Lekin bu faqat Markaziy bankka boğliq emas. Banklarning özi ham tayyor bölişi kerak. Yaʼni banklar Markaziy bank talab qilgan hujjatlarni kamçiliksiz, töla-tökis tayyorlab topşirişi kerak, aks holda litsenziya ololmaydi. Şuning uçun bu talab töğri. Yillar mobaynida islom moliyasi va bankçiligi bizda sekin rivojlandi, lekin sönggi beş-olti yilda bu sohaga jadal eʼtibor berilgani bois jarayon tezlaşdi. Umid qilamizki, xalqimiz kutayotgan mujda – islomiy bank darçalarining oçilişi – tez orada röyobga çiqadi va yil söngiga qadar ikki-uçta bankda şunday darçalar bölişi mumkin.
Şokir Şaripov: Banklar uçun bu mahsulot, töğrimi, tijoriy mahsulot. Şuning uçun banklarda bu yönalişda sustkaşlik bölişi bozor iqtisodiyotiga ham zid bölsa kerak-a?
Iskandar Tursunov: Töğri. Sustkaşlik xalqimizning kutayotgan orzusini keçiktiradi. Bundan taşqari, aholi qölida aynan qadriyatlari yoki boşqa sabablar tufayli böş turgan pulning iqtisodiyotga bir kun bölsa ham keç kirib kelişi – bu ham keçikiş degani. Islom moliyasi va islom bankçiligi qoidalariga muvofiqlikni taʼminlaş uçun barça hujjatlar juda ehtiyotkorlik bilan körib çiqildi va bu biroz vaqt oldi. Umid qilamizki, barça masalalar hal etilgan holda banklar tez orada litsenziya ola boşlaydi.
Şokir Şaripov: Yutuqlarimiz özimiz bilan. “Yutuq” degani özi erişilgan narsa degani. Qayerda kamçiliklar bor? Harakatlarni nimalar bilan töldirişimiz kerak?
Iskandar Tursunov: Islom moliyasi faqat islomiy banklardan iborat emas. Oddiy xalq ham, regulyatorlar ham, bunga masʼul insonlar ham bilişi kerakki, islomiy moliya deganimizda faqat islomiy bankni tuşunib, diqqat-eʼtiborni faqat unga qaratib qoliş kerak emas. Çunki bu muqobil va töliq moliyaviy tizim. Şuning uçun parallel ravişda uning atrofidagi boşqa islomiy moliya instrumentlari ham rivojlanib borişi kerak. Faqat islomiy bankka diqqat qaratiş bilan çeklanib bölmaydi.
Masalan, hozir Istiqbolli milliy agentlik islomiy qimmatli qoğozlar - sukuk bozori ustida işlayapti. Bu jarayon qançalik tezlaşsa, qonunçilik tezroq qabul qilinib amaliyotga kirsa, tizimning tarkibiy qismlari bir-birini töldirib boradi. Kapital bozori bölmagan joyda banklarning işlaşi ham, iqtisodiyotda moliya bozorining tölaqonli işlaşi ham oqsoqlanadi. Bundan taşqari, suğurta bozori ham rivojlanişi kerak. Mikromoliya taşkilotlariga ruxsat berildi, ularning rivojlanişi ham taʼminlanişi lozim.
Keça prezidentimiz iqtisodiy va moliyaviy sohaga masʼul rahbarlar bilan uçraşib, Özbekistonda aholi daromadini oşiriş, kambağallikka qarşi kuraşiş va yangi iş örinlarini yaratiş böyiça körsatmalar berdi. Tadbirkorlarga yildan-yilga katta eʼtibor berilyapti. Eʼtibor oşgan sari tadbirkorlarning moliyaviy resurslarga talabi ham ortadi. Bu talabni taʼminlab bera olişimiz kerak. Davlat rahbariga beriladigan taqdimotlarda anʼanaviy moliya bilan çeklanib qolmasdan, uning yoniga islomiy moliya instrumentlarini ham qöşib, ularning imkoniyatlari, potensiali, iqtisodiyotda qöşilgan qiymat va yangi iş örinlari yaratiş salohiyatini körsatiş vaqti keldi.
Prezident administratsiyasida va hukumat taşkilotlarida ham islomiy moliyaga masʼul bölimlar, boşqarmalar yoki departamentlar bölib, makro darajada islom moliyasining potensialini işlab çiqib, davlat rahbariga taqdimotlar qilib borişi va bu yönalişda jiddiy iş olib borişi kerak.
Davlatimiz rahbari “Al Muamalat Consulting” va islom moliyasi sohasida qilayotgan işlarimizni munosib körib, eʼtirof etdi va kökrak nişoni berdi. Öşa yerda minglab tadbirkorlar iştirok etgan katta netvorking böldi. Tadbirkorlar bilan suhbatlaşganingizda, ular islomiy moliyani kutib turganini körasiz. Ular “qaçon?” deb söraşyapti. Davlatimiz rahbari ham bu işlar ijobiy natija berayotganini, ular heç qaçon töxtatilmasligini va şu yönalişda sekin-asta davom etilişini aytdi.
Şokir Şaripov: Prezidentning “sekin-asta” deganini boşqaça talqin qiladiganlar ham çiqişi mumkin-da... “Sekinlaşişimiz kerak ekan”, deb.
Iskandar Tursunov: “Sekinlaşişimiz mumkin” deyiş öta katta strategik xato va iqtisodiy orqaga ketiş böladi. Bu aynan islom moliyasi rivojlanişiga va uni kutib turgan insonlarning umidsizligiga olib kelişi mumkin. Men hurmatli prezidentimiz bilan muloqotda aytdimki, Özbekiston qöşni davlatlarda 30 yil davomida amalga oşirilib, bugungi kunda ham erişila olmagan ayrim natijalarga olti yil içida institutsional va tizimli yondaşuv orqali erişdi. Davlatimiz rahbari ham aynan tizimli, şoşmaşoşarliksiz, institutsional yondaşuv bilan işlaş va bu yondaşuv ijobiy natija berayotganini taʼkidladi. Umid qilamanki, sohani rivojlantirişni qöllab-quvvatlayotganlar “sekin-asta” degan gapni prioritet orqada ekan, deb emas, balki hozir amalga oşirayotgan işlarimiz töğri va şu jadallikda, şu yondaşuvda davom etiş kerak, deb tuşunadi.
Şokir Şaripov: Yaʼni amaldorlar “sekin-asta”ni şunday tuşunişi kerak.
Iskandar Tursunov: Ha. Davlatimiz rahbari Özbekistonda tadbirkorlikni rivojlantiriş haqida jon kuydirib aytayotgan gaplarining barçasida biror narsani sekinlaştirib qöyişni emas, balki ilğor, natijador va manfaatli harakat qilişni nazarda tutyapti. Menimça, masʼullar ham, sohaga oid insonlar ham buni töğri tuşunib turişibdi.
Şokir Şaripov: Masalan, men puldor, qadriyatli bir kişiman, tadbirkorman. Pulimni işlatişni, iqtisodiyotda işlaşini, kimgadir foyda keltirişini xohlayman. Ertaga biror ğalati holatda qolmaymanmi? Deylik, pulimni bankka joylaştiraman, keyin kimdir kelib: “Bu pulni qayerdan topdingiz?” deb söramaydimi?
Iskandar Tursunov: Aslida, islomiy moliya va islomiy bank tizimi Özbekistonda nima maqsadda yaratilyapti? Aynan qadriyatli insonlar yoki tadbirkorlarning qölida böş turgan mablağlarni iqtisodiyotga jalb qiliş hamda moliyaviy inklyuzivlikni taʼminlaş uçun. Yaʼni odamlarda tanlov imkoniyati böladigan yana bir muqobil moliyaviy tizim kirib kelyapti. Bu anʼanaviy moliyaviy tizimga heç qanday xavf tuğdirmaydi yoki risk bermaydi.
Islomiy bank aynan şu qadriyatlar asosida yillar davomida jamğarmaga ega bölgan insonlarning mablağlarini jalb qilib, uni iqtisodiyot va moliya sektoriga töğri rasmiylaştirgan holda kiritişi kerak. Bu jarayon, albatta, bank, davlat va masʼul organlar tomonidan kafolatlanişi lozim. Maqsad şunçaki bank oçib qöyiş yoki “islomiy moliya bormi – bor” qiliş emas. Maqsad – iqtisodiyot va moliyaga aynan şu resurslarni jalb qiliş. Demak, mablağlarning kafolati va daxlsizligi taʼminlanişi kerak.
Şundagina biz kutayotgan natijalar – kambağallikni qisqartiriş, yangi iş örinlarini yaratiş, tadbirkor va aholining davlatga va tizimga işonçini oşiriş röyobga çiqadi. Öylaymanki, bu yerda hadiksiraş, qörqiş yoki “resursni bankka joylaştirsam, qayerdan olgansan, deb söraşadi” degan xavotirlar ötmişda qoldi, Şokir aka.
Şokir Şaripov: Endi tasavvur qilaylik, men puldor tadbirkor emasman, oddiy odamman. Heç qaysi bank bilan umuman işim yöq, çunki moliyaviy imkoniyatim yöq. Şunday holatda menga islomiy moliya institutining nima foydasi bor?
Hayotjon Azimov: Islomiy moliya ekotizimi faqat islomiy bankdan iborat emas. Uning tijoriy tarafi bor: islomiy banklar, islomiy suğurta kompaniyalari – buni takaful deymiz, undan taşqari islomiy kapital bozorlari bor. Bu tizim 10-100 dollardan tortib milliard va trillionlargaça bölgan mablağlarni qamrab olişi mumkin. Lekin islom moliyasining yana bir öziga xos jihati – islomiy ijtimoiy moliya. Bu komponent juda muhim va butun dunyoda keng tarqalgan.
Ijtimoiy moliya tabiatan islom moliyasi talablariga yaqin bölgani uçun bu yerda qilinadigan iş nisbatan kam. Masalan, oddiy bankni islomiy bankka ötkaziş uçun köp iş qiliş kerak: moliyaviy mahsulotlarni işlab çiqiş, tasdiqlaş, qonunlarni özgartiriş talab etiladi. Ijtimoiy ahamiyatga ega qismi esa tabiatan islom moliyasi standartlari talablariga yaqin. Faqat uni moliyaviy va tijoriy tizim bilan boğlaş kerak bölgan nuqtalar bor.
Islomiy ijtimoiy moliyaning asosiy komponentlari uçta: zakot, ehson va vaqf. Banklar, islomiy suğurta va kapital bozorlari kabi moliyaviy tizim iştirokçilari zakot tölaydi. Bizda ham dividend tölaşdan oldin zakot hisoblanişi mumkin – bu soliqqa öxşaş tarzda işlaydi.
Iskandar Tursunov: Özbekiston Respublikasida ijtimoiy himoya va ijtimoiy kömakka juda katta eʼtibor beriladi. Har yili katta miqdorda mablağlar va sarmoyalar ajratiladi, byudjetdan qöşimça resurslar beriladi. Islomiy banklar va islomiy moliya institutlarining rivojlanişi ijtimoiy himoyaga sarflanadigan byudjet mablağlariga tuşadigan yukni yengillaştirişi mumkin. Çunki islomiy banklar va islomiy moliya taşkilotlari yil söngida daromad olganda yoki nisobga yetganda zakot tölaydi yoki mablağlarining bir qismini xayriyaga yönaltiradi. Bular kiçik summalar emas.
Zamonaviy islom moliyasida zakot ham, vaqf ham şunday zamonaviy instrumentlarga aylanganki, Malayziya, Indoneziya va arab davlatlarida ulardan aholining ijtimoiy qatlamlariga, tadbirkor ayollarga yoki boquvçisi yöq insonlarga yordam beriş uçun katta resurslar yiğişda foydalanilyapti. Islomiy moliya xizmati bilan şuğullangan banklar va boşqa taşkilotlar, albatta, davlat belgilagan soliqlar va turli yiğimlarni ham tölaydi.
Ayrim davlatlarda zakot tölanayotgani ham hisobga olinib, soliqlarda şunga mutanosib yengilliklar berilgan. Çunki taşkilot soliqlarni tölaşdan taşqari, islom moliyasi talablaridan kelib çiqqan holda 2,5 foizlik zakot ham tölaydi. Aylanmasi katta taşkilotlar uçun bu kiçik summa emas. Demak, biz ham şu masalalarni körib çiqişimiz kerak. Öylaymanki, bu byudjet yukini yengillaştiradi va davlatimizning ijtimoiy himoya sohasida olib borayotgan işlarini qöllab-quvvatlagan holda aholiga beriladigan kömaklar hajmini oşirişga xizmat qiladi.
















