Toşkent şahrining Yunusobod tumanida joylaşgan dehqon bozorga tutaş dökon va dorixonada yonğin yuz berdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot taqdim etdi.
Bugun, 8 iyun kuni soat 12:50 da Toşkent şahar Yunusobod tumani Amir Temur köçasida joylaşgan dökon va dorixonada yonğin sodir bölganligi töğrisida şahar FVBga xabar tuşgan.

Şunga köra, 5 ta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 12:58 da voqea joyiga yetib borib, yonğin soat 13:04 da örab olingan va soat 13:09 da öçirilgan.
Yonğin oqibatida, dastlabki ma’lumotlarga köra, dökon va dorixonaning taxminan 80 kvadrat metr maydonda old tomon qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar yöq. Yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.












