Ukraina va Rossiya bir-birini Dniproning quyi oqimida suv toşqiniga sabab bölgan Kaxovka GES töğonini portlatişda ayblamoqda. Biroq, töğonning ataylab vayron qilingani haqida heç qanday dalil keltirilmagan. AQŞ rasmiylari anonim vakillar orqali Rossiya qöşinlarining uşbu falokatga aloqadorligini tasdiqlovçi hujjatlarni maxfiylikdan çiqarişga va’da berişdi, biroq keyinçalik heç qanday işonçli dalillar yöqligini rasman e’lon qilişdi.

Portlaşning video dalillari hali paydo bölgani yöq, ular yordamida töğonni vayron qilgan aybdorni aniqlaş mumkin edi. Bunday şaroitda falokat sabablarining uçta versiyasi ehtimolini baholaşga töğri keladi: ikki tomondan birining diversiyasi, şuningdek, töğonning öz-özidan vayron bölişi. Hozirda mavjud bölgan yagona tahlil vositasi – Dniproning quyi oqimidagi suv toşqini kimga köproq foyda keltirişini aniqlaşdir. Şuni yodda tutiş kerakki, bu aybdor tomonni aniqlaşga imkon bermaydi, çunki sabablarning mavjudligi öz-özidan aybni isbotlamaydi.

GES töğoni vayron bölişidan oldin nimalar bölgandi?

2022 yil 11 noyabr kuni rus qöşinlari Dniproning öng sohilini tark etdi. Buning sababi – katta guruhni daryo orqali ta’minlaşning qiyinligi edi. Yozda Ukraina qurolli kuçlari yuqori aniqlikdagi köplab HIMARS raketa tizimlarini oldi, ularning asosiy nişonlari Dnipro daryosi orqali Xerson oblastini boğlab turuvçi köpriklar bölgandi.

Xerson yaqinidagi köpriklarga şikast yetkazildi, oqibatda ulardan foydalaniş deyarli imkonsiz bölib qoldi. Kaxovka suv ombori töğoni böylab yotqizilgan yöl va temiryöllar ham bir neça bor raketa zarbalari natijasida şikastlandi, ammo qisman saqlanib qoldi. Biroq, ular Qora dengiz va Dniprodan tortib, Kriviy Rih (Krivoy Rog) çekkasigaça bölgan ulkan hududdagi qöşinlarni transport orqali ta’minlaş uçun yetarli emasdi.

Çekinayotgan rus qöşinlari töğondagi yöl ötkazgiçlarni portlatib yuborişdi. Şu bilan birga, töğonning özi ham biroz zarar kördi: portlaş joyidan suv sizib çiqa boşladi, bu sun’iy yöldoş tasvirlarida ham yaqqol körindi.

Rossiya qöşinlari çiqib ketgandan söng, front çiziği Dnipro daryosi va uning irmoqlari böylab ötdi. Rossiya qurolli kuçlari endi öng sohilga ötişga urinmadi, Ukraina qurolli kuçlari esa çap qirğoqqa ötişga tayyorgarlik köra boşladi.

Kaxovka GES hududida pozitsion janglar bölib ötdi: ikkala tomon Dnipro böylab bir-biriga qarata öq uzdi. Töğonda kamikadze dronlari va tankka qarşi raketalar faol işlatildi. Rossiya qurolli kuçlari çap sohildagi elektr stansiyasi sanoat binolaridan kuzatuv posti sifatida foydalana boşladi. Töğonning özini heç kim nazorat qilmadi: çunki muntazam öqqa tutişlar sababli buning iloji yöq edi (Rossiya harbiylari faqat GES binolarini nazorat qildi, lekin töğonni emas).

6 iyun tongida töğon qulab tuşdi: birinçi navbatda, Rossiya tomonidan köpriklarning buzilişi natijasida şikastlangan qanotlar, söngra janubdagi elektr stansiyasi binolariga tutaşgan qismlar vayron böldi (avvalroq u yerga HIMARS raketalari kelib urilgan edi).

Xaritada Kaxovka GES töğoni buzilişi oqibatida Dnipro deltasida suv ostida qolişi mumkin bölgan aholi yaşaş manzillari keltirilgan. Yaşil rang Kaxovka GESdagi suv sathi darajasini, qizil — deltadagi nisbatan pastroq hududlarni anglatadi. Suv sathidan pastroq joylaşgan hududlarda xavf yuqori. Ukraina QK va Rossiya qöşinlari örtasidagi taxminiy tutaşuv çiziği Dnipro hududi böylab ötadi.

Quyida falokatning har bir versiyasi tahlil qilib çiqiladi

Ukraina versiyasi: Rossiya Ukraina qarşi hujumini töxtatiş uçun töğonni portlatib yubordi.

Asoslar (argumentlar):

  • 2022 yil noyabr oyida Rossiya qöşinlari Dniproning öng sohilini tark etgandan söng, Ukraina qurolli kuçlari Xerson yaqinidagi orollarni ozod qiliş böyiça mahalliy ahamiyatga ega bir qança amaliyotlar ötkazdi. Oğir yöqotişlarga qaramay (Rossiya manbalari haftada bir neça marta orollardagi ukrain askarlari guruhlariga berilgan zarbalar haqidagi videolarni e’lon qilib turdi), Ukraina qurolli kuçlari orollarning aksariyat qismidan Rossiya harbiylarini siqib çiqarişga muvaffaq böldi. Ukraina kuçlari daryoning çap sohilidagi botqoqli hududda mustahkam örnaşib olişga harakat qildi. Bu sa’y-harakatlarning barçasi Ukraina qurolli kuçlari qarşi hujum boşlanişi paytida daryoni keçib ötiş niyatida ekanidan dalolat berardi. Daryo böylab ta’minotdagi qiyinçiliklarni hisobga olgan holda, bunday operatsiya hujumning asosiy zarbasi bölişi qiyin edi, ammo u (yoki hatto uning tahdidi) köp sonli rus qöşinlari harakatlarini çeklab qöydi.
  • Şubhasiz, suv toşqini desant operatsiyasini murakkablaştiradi: toşqindan keyin yangi (va Ukraina qurolli kuçlari tomonidan razvedka qilinmagan) qirğoq çiziği şakllandi; çap qirğoqda allaqaçon botqoq bölgan maydonlar umumiy katta botqoqqa aylandi.
  • Ukraina qurolli kuçlari Dnipro orollaridagi öz pozitsiyalarini yöqotdi, ular bir neça oy davomida qaytarib olgan va kelajakda desant taşlaş operatsiyasi uçun bazaga aylanişi mumkin edi. Bu pozitsiyalar orollar bilan birga çökdi.
  • Nazariy jihatdan, falokat Rossiya qurolli kuçlariga Dnipro frontini himoya qilayotgan qöşinlarning bir qismini boşqa yönalişlarda vaqtinça işlatişga imkon berişi mumkin. Töğri, suv sathi pasayib, suv bosgan hududlardagi vaziyat oydinlaşgaç, Ukraina qurolli kuçlarining daryoni keçib ötişi xavfi yana paydo böladi.

Qarşi asoslar:

  • Suv rossiyaliklarning Dnipro qirğoğidagi köplab pozitsiyalarini yuvib ketdi. Ukraina desanti taşlanişi taxmin qilingan hududlardagi mina maydonlari ham yöq qilindi. Ilgari Rossiya qurolli kuçlari nazorat qiladigan qirğoqlar kuçli istehkomlar bilan öralgan edi, endi u faqat suv bilan qoplangan.
  • Rossiya askarlari beligaça suvga botib, öz pozitsiyalaridan çekinmoqçi bölayotgani aks etgan videolar paydo böldi (taxminlarga köra Dnipro orollaridan birida). Ukraina harbiylari suv Rossiyaning köplab harbiy qismlarini qanday yuvib ketganini öz közi bilan (dronlarda kameralar yordamida) körganini da’vo qilmoqda. Rossiya harbiylari, ehtimol, töğonning portlatilişi haqida heç narsa bilmagan.

Rossiya versiyasi: töğon Ukraina qurolli kuçlari tomonidan portlatilgan – Dniprodagi qöşinlari vazifasini yengillaştiriş yoki çap qirğoqqa desant taşlanişini osonlaştiriş uçun

Asoslar:

  • Dniproning öng qirğoği Rossiya qurolli kuçlari nazorat qiladigan çap qirğoqdan balandroq. Oqibatda rus qöşinlarining pozitsiyalari va minalangan maydonlar eng köp zarar kördi. Öng tomonda faqat Xersondagi qirğoq zonasi va boşqa bir qança aholi punktlari qisman suv ostida qoldi. Bu hududlar aholisining katta qismi avvalroq Rossiya zarbalari tufayli evakuatsiya qilingan. Ukraina qurolli kuçlarining öng qirğoqdagi harbiy infratuzilmasi buzilmagan. Töğon yorilişining bunday oqibatlarini oldindan osongina başorat qiliş mumkin edi.
  • Rossiya qurolli kuçlarining çap qirğoqda bir neça oy davomida qurgan barça mudofaa tizimi vayron böldi. Nazariy jihatdan, bu Ukraina qurolli kuçlariga yaqin orada daryoni qayiqlarda keçib ötiş imkonini beradi (bu dalilni yaqin kelajakda osongina tekşiriş mumkin).
  • Ukraina yirik kuçlari uçun yengib bölmaydigan tösiq hisoblangan Kaxovka suv omborining kengligi muqarrar ravişda kamaydi. Endi Rossiya qurolli kuçlari daryoni nafaqat töğonning pastki qismidan, balki yuqori qismidan ham keçib ötiş tahdidi bilan hisoblaşişi kerak. Uşbu tahdidni bartaraf etiş uçun daryo qirğoğida yangi, katta zaxiralarni töplaş kerak böladi.

Qarşi asoslar:

  • Sobiq amerikalik harbiy muhandis Çarlz Rey yozganidek, suv toşqini Dnipro böylab köpriklar qurişni texnik jihatdan imkonsiz qiladi, bu esa çap qirğoqdagi har qanday katta guruhni ta’minlaş uçun mutlaqo zarur. Toşqindan keyin qirğoqning holatini oldindan başorat qilib bölmaydi, demak, desant operatsiyasini ham rejalaştiriş mumkin emas.
  • Kiçik guruhlarning qayiqlar bilan daryoni keçib ötişi xuddi şu sabablarga köra qiyin böladi. Toşqindan keyin desantning yaşirinadigan joyi qolmaydi va tuproq istehkomlarini quriş qiyin keçadi. Sayoz suv ombori tubi böylab çap qirğoqdagi guruhni ta’minlaş ham imkonsiz böladi. Köpgina texnikalar u joydan ötolmaydi. Qiziği şundaki, Moskva tomonidan Xerson oblastiga «gubernator vazifasini bajaruvçi» etib tayinlangan Vladimir Saldoning sözlariga köra, falokatdan keyin jangovar vaziyat Rossiya foydasiga oğgan.
  • Dnipro böylab Rossiya mudofaasi asosan artilleriyaga tayangan, ularning pozitsiyalari asosan suv toşqini zonasidan taşqarida joylaşgan, şuningdek, aviatsiyaga ham tayangan. Aynan Rossiya qurolli kuçlarining artilleriya va havo zarbalari Ukraina qurolli kuçlarining Dnipro orollaridagi yurişini töxtatdi va çap sohildagi istehkomlarni yöq qildi. Ularning artilleriya va samolyotlardan foydalanişda davom etişiga heç narsa tösqinlik qila olmaydi. Toşqindan keyin çap sohilda yaşirinadigan joy yöqligi sababli, bunday zarbalar yanada samaraliroq bölişi mumkin.
  • Ukraina qurolli kuçlariga Rossiyaning Dnipro böylab hujumiga qarşi tösiq yaratişiga hojat yöq edi: bunday hujum umuman rejalaştirilmadi. Yaqin oylarda operatsiya ötkazişning ma’nosi yöq: endi Rossiya Xersonni egallab olişga, Dniproning narigi tomonida köpriklar qurişga va ta’minotni tiklaşga, şu bilan birga Odessaga hujum uyuştirişga umid qilolmaydi (faqat uning egallab olinişi bunday qaltis operatsiyani oqlaşi mumkin edi).
  • Va nihoyat, Ukraina harbiy rahbariyati ötgan yil kuzida Xersonga qarşi muvaffaqiyatsiz hujum paytida töğonni raketa bilan buziş haqida öylaganini tan oldi. Şu vaqtda Ukraina qurolli kuçlari katta yöqotişlarga duç keldi va qömondonlik uçun ğalaba qozonişning yagona yöli Dniproning öng sohilidagi rus qöşinlarini ta’minotdan uzib qöyadigan texnogen toşqin bölib tuyuldi. Ammo Ukraina qurolli kuçlari ança qiyin vaziyatda ham, keyinçalik jiddiy foyda berişi taxmin qilingan bu ğoyadan oqibatlari juda yomon bölişi tufayli voz keçdi.

Neytral versiya: töğon öz-özidan qulagan

Asoslar:

  • Töğon kuzgi voqealardan keyin avariya holatida edi. U şikastlangan, kamida uning ustidagi yöl ötkazgiçlar bir neça bor vayron qilingan. Kuzda rus harbiy muhandislari töğon ustidagi yöllarni tiklaş ustida işladi. Söngra, baribir yöl ötkazgiçlarni portlatişdi va töğonga zarar yetkazişdi.
  • Sun’iy yöldoşdan olingan suratlarga qaraganda, sönggi oylarda töğonning holati yomonlaşdi. Suvni oqiziş jarayoni tartibga solinmadi: rus qöşinlari GES sanoat binolarini nazorat qildi, ammo ulardan maqsadga muvofiq foydalanmadi. Gidrotexnika inşootlarini ta’mirlaş deyarli imkonsiz edi: GES hududida janglar faol davom etdi. Ikkala tomon ma’lumotlariga köra, bahor oylarida Kaxovka suv omborida suv sathi muntazam kötarilib bordi, bu esa töğonning buzilişi xavfini kuçaytirdi.
  • Töğon portlaşi aks etgan videolar umuman yöq. Garçi ikkala raqib GES hududida kuzatuv kameralariga, şu jumladan termal tasvir kameralariga ega bölganiga qaramay (bunday kameralar doimiy ravişda yöq qilinib turildi, ammo ularning örniga yangilari joylaştirilaverdi).

Qarşi asoslar:

  • Ukraina qurolli kuçlari hujumining birinçi bosqiçi boşlangan kunning özida töğonning vayron bölgani juda ğalati tasodif bölib tuyuladi. Şu bilan birga, ikkala raqib ham uzoq vaqtdan beri bir-birini töğonni buziş niyatida ayblab kelgan.