Dunyo tajribasi: Metroda ayollar uçun alohida vagon ajratiş – tegajoğlikka qarşi çora sifatida
|17:56 / 10.06.202318 5908 min
Dunyoning turli davlatlari metropolitenlarida jinsiy zöravonlik harakatlari köpaygani sari metro vagonlaridan birini ayollar uçun ajratiş masalasi kötarilgan. Bu tajriba özini qançalik oqlagan yoki oqlamaganini Yaponiya, Misr, Braziliya, Hindiston, Indoneziya, Eron, Germaniya kabi davlatlar misolida köriş mumkin.
Jamoat transportlarida ayollarga nisbatan şilqimlik yoki jinsiy tegajoğlik harakatlari kuzatilayotgani haqiqat. Masalan, 2021 yilda bir erkak metro vagonida 13 yoşli qizga nojöya harakatlar qilgandi. Yaqinda Toşkent metropolitenida “prank” video olib, notaniş qizga şilqimlik qilgani uçun 2 talaba 5 sutkaga qamaldi. Bular jamoatçilikka oşkor bölib qolgan holatlar xolos. Aslida haqiqiy manzara bundan ham yomonroq bölişi mumkin. Çunki xotin-qizlar istihola qilibmi, boşqa sabab bilanmi, tegajoğlik yoki şilqimlik haqida doim ham xabar qilmaydi va jim ketadi. Şunday holatlarni kamaytiriş, oldini oliş uçun dunyoning bir neçta davlatlarida poyezdning 1 yoki 2 vagonini faqat ayollar uçun ajratiş çorasi körilgan.
2000ga yaqin erkakning qamoqqa olinişi
Yaponiyaning Tokio va Osaka şaharlari jamoat transporti, ayniqsa, metro tizimi juda yaxşi taşkillaştirilgan. Tokioning özida 1 kunda 8,7 million odam metrodan foydalanadi. Statistikaga köra, foydalanuvçilarning ortişi metroda jinsiy tegajoğlik köpayişiga olib kelyapti. Şu uçun ham Yaponiyaning asosiy katta şaharlarida ayollar vagoni alohida qilib qöyiş ğoyasi paydo bölgan. Yaponiyaning Tokio, Osaka va Nagoya kabi eng katta şaharlari metrolarida tegajoğlik harakatlari yuzasidan şikoyat oşib ketgani sabab, politsiyaçilar metropoliten kompaniyalaridan tezroq biror yeçim öylab topişni söraşadi.
Boşida ayol va erkaklarni alohida-alohida vagonlarda taşişga hamma kompaniyalar ham rozi bölmagan. 2004 yilda jinsiy tegajoğlikdan şikoyatlar rekord darajada qayd etilgandan keyin, bu masalani jiddiy öylab körişadi. Masalan, öşa yili teginiş yoki boşqaça jinsiy tegajoğliklardan şikoyat va ularning rasmli dalillari 2201taga yetadi.
Mavzuga oid
Bu körsatkiç 1996 yilda 778tani taşkil etgandi. Şikoyatlarning aksar qismi maktab öquvçi qizlari tomonidan kelib tuşgan bölib, şuning ortidan 1886 ta erkak qamoqqa olinadi. Huquqbuzarlar 14-80 yoş oraliğidagi erkaklar bölgan.
Bundan taşqari, 20-30 yoş atrofidagi ayollarning 2/3 qismi ham şilqimlikning turli körinişlaridan jabr çekkan. Aynan şu sabab 2005 yildan boşlab poyezdlarda kunning tiğiz vaqtlari – ertalabki 6-9 oraliği va keçki 5-9 oraliğida – ayol va erkaklar alohida vagonlarda harakatlana boşlagan. Vagonning taşqi rangi puşti bölib, bundan faqat ayollar uçun degan ma’no anglaşiladi. Hozir ham mamlakatda faqat ayollarni taşiydigan 32ta temiryöl kompaniyasining 87ta liniyasi bor.
Albatta, boşida bu tartibga norozi qatlam ham bölgan. Ayrim erkaklar buni diskriminatsiya deb talqin qilişgan bölsa, boşqalari bu islohot aralaş vagonlarda odam sonining yana ham köpayişiga olib kelganidan yozğirgan. Ayrimlar erkak bölgani uçun ularga buzuq tamğasi bosilyapti degan fikrni ham aytişgan. Biroq şu islohotdan keyin tegajoğlikdan şikoyatlar keskin qisqargan.
Örtadagi 2ta vagon ayollarga
Qohira metrosining barça poyezdlarida örtadagi ikkita vagon – törtinçi va beşinçi vagonlar va Iskandariyaning barça tramvaylaridagi eng oldingi vagon ayollar uçun ajratilgan. Şuningdek, Qohira metrosidagi beşinçi vagondan soat 21:00dan keyin aralaş foydalansa böladi. Bu ayollar boşqa vagonda erkaklar boşqa vagonda ketişi şart degan qoida emas, balki vagonlar erkaklar bilan bitta vagonda ketişni istamaydigan ayollar uçun xizmat qiladi. Ya’ni ayollar istagan vaqtida aralaş vagonda ketişlari mumkin. Bu siyosat ayollarni erkaklar tomonidan jinsiy tegajoğlikdan himoya qiliş uçun joriy etilgan.
Öta tiğiz vaqtlarda ayollarga xizmat körsatiş
Rio de Janeyroda ham jinsiy tajovuzlarning oldini oliş uçun 2006 yil aprelida ayollar uçun alohida vagon joriy qilingan. 6ta vagondan iborat poyezdning 1ta vagoni puşti rangda qilinib, u duşanbadan jumagaça öta tiqilinç soatlarda – ertalab 6-9 va keçki 17:00dan 20:00gaça faqat ayollarni taşiydi. Erkaklar maxsus vagonga ötirişlariga yöl qöymaslik uçun metropolitenda politsiya nazorati örnatilgan va maxsus vagonlarga çiqiş joyida polda faqat ayollar uçun möljallangan vagon ekanini körsatuvçi belgi turadi.
Şunga öxşaş tartib San-Paulu metrosida 1995 yil oktyabridan 1997 yil sentabrigaça ham davom etadi. Ammo metropoliten er-xotinlarning ba’zi şikoyatlaridan keyin bu tartibni töxtatişga qaror qiladi.
Ayollar va bolalar uçun 3ta vagon
Meksika poytaxtida har kuni sodir böladigan şilqimlik, öğirlik va ayollarni öldirişning oldini oliş uçun poyezdning birinçi vagonlarini faqat ayollar uçun ajratişgan. Bunday vagonlarning kiriş joyiga puşti stikerlar yopiştirilgan bölib, bu faqat ayollar kirişi mumkinligini anglatadi. Stikerlarga “Bu vagon duşanbadan yakşanbagaça har doim faqat ayollarga xizmat qiladi”, deb yozilgan. Yozuvning yonida 12 yoşgaça bölgan qöşimça yozuv bilan ayol va bolalarning piktogrammalari joylaştirilgan. Şunday qilib poyezdda ayollar va bolalar uçun jami uçta vagon ajratilgan.
Hindistonda holat qanday?
Hindistonda uzoq masofaga boradigan poyezdlarning deyarli hammasida ayollar uçun alohida vagonlar bor. Mumbayda esa barça şahar atrofi poyezdlarida faqat ayollar uçun möljallangan kupelar bölib, ularga maktab yoşidagi bolalar ham kirişi mumkin. Ikkita vagon ayollar uçun kuniga 24 soat xizmat qilsa, yana bittasi tiqilinç soatlardagina ayollarni taşiydi.
2000-yillarda sayohat qiliş kerak bölgan ayollar soni ikki baravar köpayganligi sababli, bunday xizmatlarga talab juda kuçaygan. Köpgina temiryöl xizmatlari faqat ayollar uçun möljallangan vagonlarni taklif qiladi. Masalan, Mumbay va Dehli metrosida ham şunday tartib amal qiladi.
Indoneziya va Germaniyada özini oqlamagan vagonlar
Indoneziya temiryöl kompaniyasi PT Kereta Api 2010 yil avgust oyidan boşlab ba’zi şaharlararo poyezdlarda faqat ayollar uçun vagonlarni joriy qildi. Bu jinsiy tegajoğlik haqidagi şikoyatlarning köpaygani fonida yuz beradi.
Ayollar vagonlari puşti yoki binafşa rangda bölib, poyezdning boşi va oxiridagi vagonlar ayollar uçun ajratilgan bölgan. Lekin taşabbus ma’lum vaqtdan keyin bekor qilingan. Çunki kunning öta tiqilinç soatlarida aralaş vagonlar haddan ortiq tirband bölib, ayollar vagonlari nisbatan böşab qolgan.
Bunday tajriba 2016 yilda Germaniyaning Leypsig-Xemnits mintaqaviy poyezdida ham joriy etilgan edi. Bu tartibga yölovçilarning munosabatlari turliça bölgan. Ba’zilar ayollar özlarini xavfsizroq his qilişlari uçun bu çorani olqişlagan bölsa, boşqalar bunga jinslarni ajratiş va «qoloq yeçim» sifatida qaraşgan. Keyin Germaniya ham bu tartibdan voz keçgan.
Eron va Birlaşgan Arab Amirliklaridagi tartib
Bugungi kunda Eron poytaxti Tehron va Maşhad şahrida faqat ayollarga möljallangan yengil avtomobillar mavjud. Bundan taşqari, har bir poyezdning old va orqa vagonlari faqat ayollar çiqişi uçun ajratilgan.
Dubay metro tizimidagi har bir poyezdda faqat ayollar va bolalar uçun iş kunlari soat 7:00 dan 9:00 gaça va 17:00 dan 20:00 gaça bölgan maxsus vagon ajratilgan. Bu vaqtlarda vagonga kirgan erkaklar 100 BAA dirhami (27,25 AQŞ dollari) miqdorida jarimaga tortiladi.