Qayd etilişiça, u ilgari Jinoyat kodeksining 166- (talonçilik), 169- (öğrilik) hamda 127-moddalarida (voyaga yetmagan şaxsni ğayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qiliş) körsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi uçun sudlangan, Toşkent şahrining Olmazor tumanida yaşovçi, 1989 yilda tuğilgan fuqaro K.Ş. ekanligi aniqlandi.
Ma'lum qilinişiça, hozirda IIV Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta'minlaş departamenti tomonidan mazkur şaxsning harakatlarida voyaga yetmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etiş jinoyatining alomatlari mavjudligi tekşirilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, agar siz yoki yaqinlaringiz uşbu fotosuratda körsatilgan şaxsning harakatlaridan jabrlangan bölsangiz, darhol 102 raqamiga yoki yaqin oradagi içki işlar organiga xabar berişingiz söraladi”, deyiladi ma'lumotda.
Boş prokuratura matbuot xizmati qöşimça qilişiça, IIV Transportda XTBB Tergov boşqarmasi tomonidan uşbu şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi (ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov olib borilmoqda.
Ma'lumot uçun, 129-modda bilan aybdor deb topilgan şaxs uç yuz soatgaça majburiy jamoat işlari yoki ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud bir yilgaça ozodlikni çeklaş, yoki bir yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi mumkin.








