Bu yil 2 million nafar ayollar bandligini ta’minlaş, şundan 1 million 300 ming nafar xotin-qizni tadbirkorlikka jalb etiş rejalaştirilgan. Buning uçun tijorat banklari tomonidan ayollar tadbirkorligini rivojlantiriş uçun qulay moliyaviy paketlar taqdim etiladi.
“Milliy bank” xizmatlar sohasida kamida 200 ming nafar xotin-qizning loyihalariga kömaklaşadi. “Turonbank” ATB limonçilikda 150 ming nafar ayollar daromad topişi uçun arzon kreditlar taqdim etadi.
Xuddi şuningdek, “Mikrokreditbank” ATB parrandaçilikda – 160 ming nafar, “Sanoat quriliş bank” ATB sabzavot va köçatlar yetiştirişda – 160 ming, “Xalq banki” uzum, brokkoli va mahalliy karam yetiştirişda – 150 ming, “Agrobank” boğdorçilik yönalişida – 144 ming, “Biznesni rivojlantiriş banki” kökat, bulğor qalampiri, baqlajon va pomidor yetiştirişda – 94 ming, “Asakabank” farmatsevtika va uzumçilikda – 82 ming, “Aloqabank” IT, asalariçilik va mevali ekinlar yetiştirişda 58 ming nafar ayollarni band etişga kömaklaşadi.
Şu maqsadda bu yil mahallalarda ayollar tadbirkorligi loyihalari uçun qöşimça 3,3 trillion söm ajratiladi. Xususan, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida yana 100 million dollar beriladi. Bunga qöşimça ravişda tijorat banklari ham 100 million dollar jalb qilib, mahallalarda özini özi band qilgan xotin-qizlarga 50 million sömgaça garovsiz kreditlar ajratadi.
Ötgan yili taşkil etilgan “Hamroh” kompaniyasi yangi tizim asosida Tadbirkor ayollarni qöllab-quvvatlaş dasturini boşlagan edi. Bu loyihaga ham 100 million dollar ajratilgan.








