Sergeli tumanidagi maktablardan birining öqituvçisi öquvçiga şilqimlik qildi. Sud qarori bilan unga ma’muriy qamoq jazosi qöllandi.

Kun.uz örgangan sud qarorida keltirilişiça, 1989 yilda tuğilgan E.P. Toşkent şahrining Sergeli tumanidagi maktablardan birida öqituvçi bölib işlaydi. U 2025 yil 4 mart kuni maktabning 10-sinf öquvçisini huquq fanidan turli bahonalar qilib, xonasiga çaqirib olgan. Öquvçi qiz kelgaç, sinf xonasining eşigini içkari tomondan qulflab, unga şilqimlik qilgan.

Öqituvçi sud majlisida haqiqatdan öquvçini xonaga çaqirib, eşikni qulflagan holda unga şahvoniy şilqimlik qilmoqçi bölganligini tan olgan hamda bunday holat boşqa qaytarilmasligini bildirgan. 

Sud majlisida söroq qilingan öquvçi qiz esa bölgan voqeani aytib, öqituvçiga nisbatan qonuniy çora körişni söragan. 

Sud E.P. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41−1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan (şahvoniy şilqimlik) huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topgan. Unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Oldinroq Jizzax viloyatining Foriş tumanida ham 64 yoşli jismoniy tarbiya öqituvçisi darsda öquvçining yakka özini olib qolib, yuzidan uşlagan holda unga şahvoniy şilqimlik qilgandi.