“Asalariçilik tarmoğini qöllab-quvvatlaş va qişloq xöjaligi ekinlarini asalari bilan çanglatişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

2023 yilda 200 ming gektar maydonda paxta hosildorligini oşiriş uçun ğözani asalari bilan çanglatiş agrotexnikasi qöllaniladi.

Qaşqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toşkent viloyatlarida Namangan hamda Farğona viloyatlari tajribasi asosida Asalariçilik sanoat markazlari taşkil etiladi.

2024 yildan intensiv mevali boğlarda asalari bilan çanglatiş agrotexnikasini qöllaş çoralari köriladi.

2023 yil 1 sentabrdan maktabgaça ta’lim taşkilotlari tarbiyalanuvçilari va şifoxonalardagi bemorlarning kunlik iste’mol ratsioniga asal mahsulotini kiritiş masalasi körib çiqiladi.

Har yili 1–10 dekabr kunlari Toşkent şahrida “Asal bayrami” va “Asalariçilik mahsulotlari” xalqaro körgazmasi ötkazib boriladi.

Asalariçilik sub’yektlarining “Apimondiya” xalqaro asalariçilik uyuşmalari federatsiyasi tomonidan taşkil qilinadigan körgazma va konferensiyalarda doimiy iştirok etişini ta’minlaş böyiça zarur çoralar köriladi.

“Fermerlar maktabi”da paxta maydonlari va intensiv mevali boğlarda asalarilar bilan çanglatiş agrotexnikasini qöllaş böyiça öquv kurslari taşkil etiladi.