Qişloq xöjaligi vazirligi ma’lum qilinişiça, Özbekiston prezidentining Italiyaga rasmiy taşrifi doirasida Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi va Italiya çorvadorlari uyuşmasi örtasida anglaşuv memorandumi imzolandi.

Italiya çorvadorlari uyuşmasi öz sohasida Yevropadagi eng yirik taşkilot bölib, 40 000 a’zoga ega. Taşkilotning 14 ta şaxsiy veterinariya va genetik laboratoriyalari mavjud. Uyuşma Özbekiston bilan bir qança loyihalarni amalga oşirişda hamkorlik tajribasiga ega. 

Toşkent viloyatida yirik quyonçilik fermalaridan birini taşkil etiş loyihasini amalga oşirgan. Fermer xöjaligi negizida har yili 2 million boşgaça quyon boqiş, şuningdek, çorva ozuqasi, tabiiy öğit va göşt mahsulotlari yetiştiriş rejalaştirilgan.