“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oşiriladi. Dasturda tadbirkorlar “hamkorlik şartnomalari” (3 yilgaça muddatga tuziladi) asosida ixtiyoriy ravişda iştirok etadi. “Hamkorlik şartnomalari”ni tuzgan tadbirkorlarga Dasturda iştirok etayotganligini tasdiqlovçi sertifikat beriladi. Dasturda kamida 2 yil faoliyat körsatayotgan va ustav kapitalida davlat uluşi mavjud bölmagan tadbirkorlar – yuridik şaxslar iştirok etişi mumkin. 

2023–2024 yillarda Dasturni amalga oşiriş uçun jami 1 milliard AQŞ dollari miqdorida kredit liniyasi oçiladi. Kredit liniyasi mablağlari hisobidan banklar tomonidan kreditlar Dasturga kiritilgan tadbirkorlarning loyihalarini (moliya sohasini rivojlantiriş böyiça loyihalar bundan mustasno) amalga oşiriş uçun 7 yilgaça muddatga 14 foiz stavkada röyxatga muvofiq miqdorlarda ajratiladi.

Dastur doirasida tadbirkorlarga quyidagi imtiyoz va preferensiyalar beriladi:

tadbirkorlar tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar işga qabul qilinganda, 2025 yil 1 yanvargaça:

  • tadbirkorlar uşbu fuqarolarga kamida 1 yil davomida har oy mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 1 baravari miqdoridan kam bölmagan iş haqi tölab, bandligini ta’minlagan va ular jami işçilar sonining kamida 20 foizini taşkil etganda, mol-mulk soliği va yer soliğidan imtiyoz beriladi;
  • fuqarolar işga qabul qilinganda hamda har bir oy uçun iş haqi miqdori mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bölmagan miqdorda hisoblanganda, oylik iş haqi böyiça tölangan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği respublika budjetidan iş beruvçiga (har bir işçi uçun BHMning 2 baravarigaça) qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan holda qöllaniladi;
  • barça soliqlar (QQS va soliq agentlari sifatida tölanadigan soliqlar bundan mustasno) va bojxona tölovlarini ta’minotsiz va foizsiz 1 yilgaça bölib-bölib tölaş huquqi beriladi;
  • davlat mulki bölgan köçmas mulk obektlari va yerga bölgan huquqlar auksion orqali sotib olinganda, tölovlarni 5 yilgaça bölib-bölib tölaş imkoniyati beriladi;
  • bojxona nazoratini amalga oşirişda “yaşil yölak” qoidalari amal qiladi;
  • barça turdagi soliq tekşiruvlari ötkazilmaydi (jinoiy işlar doirasidagi tekşiruvlar bundan mustasno).

“Kasb egasi” dual ta’lim tizimi tajriba tariqasida işga tuşiriladi (birinçi bosqiçda 2023/2024 öquv yilida Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutining 3–4-kurs talabalari uçun joriy qilinadi).