Microsoft asosçisi Bill Geyts özining Gates Foundation fondi iştirokida yangi xayriya dasturlarini muhokama qiliş uçun 2019 yildan beri birinçi marta Xitoyga keldi. Bu haqda u Twitter’da ma’lum qildi.
«Men Pekinga 2019 yildan beri birinçi marta qöndim, u yerda 15 yildan buyon Gates Foundation jamğarmasi bilan global soğliqni saqlaş muammolarini bartaraf etişda hamkorlik qilayotganlar bilan birga ekanimdan xursandman», — dedi amerikalik milliarder.
Uning sözlariga köra, xayriya faoliyati böyiça hamkasblari bolalar ölimi va qaşşoqlikka qarşi kuraşda muvaffaqiyatga erişgan. «Ammo global inqirozlar bizni maqsadlarimizga erişiş yölidan ortga qaytardi», deb qöşimça qildi tadbirkor.
Geytsning qöşimça qilişiça, Xitoy iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş, tibbiy yordam va oziq-ovqatdan foydalanişni ta’minlaşda katta tajribaga ega. «Bu taraqqiyotning barçasi butun dunyo böylab odamlarning eng keng doirasiga oçiq bölişi kerak», dedi u.
Şu bilan birga, Geytsning özi hozirgi inqirozlar tufayli Afrika mamlakatlari aholisi eng zaif ekanligini ta’kidladi. U Xitoyga taşrifidan söng Ğarbiy Afrikaga bormoqçi.












