Fransiya prezidenti Emmanuel Makron işqibozlardan birining hujumçi Kilian Mbappening "PSJ"dagi kelajagi nima bölişi haqidagi savoliga javob berdi.

"Menda şov-şuvli yangiliklar yöq, lekin men bunga erişişga harakat qilaman", deya Makronning sözlarini keltirgan RMC Sport.

Eslatib ötamiz, "PSJ" va Mbappe örtasidagi şartnoma 2023/24 yilgi mavsum oxirida yakuniga yetadi.

Ötgan yilning may oyida Mbappe "PSJ" bilan yangi şartnoma imzolagani ma’lum böldi. Şu bilan birga, avvalroq futbolçi “Real” bilan şartnoma imzolagani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq, transfer amalga oşmadi.

Fransiyaning yakuniga yetgan çempionatida Mbappe 34 ta öyinda iştirok etib, 29 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oşirdi. "PSJ" yana Liga 1 ğolibiga aylandi.

Biroq parijliklar bu mavsumda “Bavariya”ga imkoniyatni boy berib, Çempionlar ligasining 1/8 finalidan ortga qaytişdi.

Kuni keça Mbappe Parij klubi bilan şartnomani uzaytirişdan boş tortgani haqida ma’lumot paydo böldi. Ma’lum bölişiça, klub fransiyalik futbolçini allaqaçon sotuvga qöygan, ammo "Real" bilan kelişuvga erişmoqçi emas.