Beş oy avval Xitoyning ayğoqçi havo şari AQŞ osmonida urib tuşirilganidan keyin ikki mamlakat örtasidagi şusiz ham keskinlaşib borayotgan munosabatlar yanada yomonlaşgandi. AQŞ boş diplomati Pekinga nega keldi?

Fevralda taşrif bekor qilingandi
Joriy yil fevral oyida Blinkenning Xitoyga taşrifi rejalaştirilgan, lekin aynan öşa ayğoqçi şar sabab AQŞ davlat kotibi Pekinga taşrifini bekor qilgandi. Öşanda Xitoy şar meteorologik maqsadlarda foydalanişi va u «kutilmaganda» AQŞ tomonga borib qolganini ma’lum qilgandi. Havo şari AQŞning kontinental qismiga ötib borganidan keyin amerikaliklarning qiruvçi samolyoti orqali urib tuşirilgandi.
Bill Geyts Si bilan uçraşdi, Blinken-çi?
AQŞ davlat kotibi Xitoyda mamlakat taşqi siyosatiga javobgar yuqori martabali mulozimlar bilan ham uçraşadi. Mamlakat rahbari Si Jinping bilan uçraşuv bölişi esa aniq emas. Ikki kun avval Xitoy raisi amerikalik biznesmen, uzoq yillar dunyoning eng boy odami bölgan Bill Geyts bilan uçraşgandi.
Ikki qudratli davlatning özaro kelişa olmaydigan köplab masalalari bor, ammo öz navbatida hamkorlik qiladigan va istiqboli mavjud undan ham köproq masalalar yöq emas.
Blinkenning Xitoyga taşrifidan közlangan asosiy uçta masalani taxmin qiliş mumkin.
Munosabatlarni yaxşilaş
Blinkenning taşrifidan maqsad avvalo ikki davlat örtasidagi qandaydir diplomatik munosabatlarni tiklaşdan iborat. Aprel oyida Venada ötgan muzokaralarda ikki tomon diplomatlari özaro sovuqlikni biroz yumşatişga muvaffaq bölgandi. Ammo Blinkenning taşrifi ikki davlat munosabatlaridagi katta voqelik hisoblanadi. U Bayden administratsiyasining Xitoyga borgan eng yuqori mansabli mulozimiga aylandi. AQŞ davlat kotiblari esa Çin yurtiga oxirgi marta 2018 yilda borgandi.
AQŞ prezidentining Hind va Tinç okeani hududidagi masalalar böyiça yordamçisi Kurt Kempbell Blinkenning taşrifi oldidan hozir ayni gaplaşib oliş vaqti ekanini aytdi. Uning fikriça, bu taşrif ehtimoliy mojaro xavfini ança pasaytiradi.
«Ikki davlatni ayro qöyadigan tuşunmovçiliklar davom etişiga yöl qöyib bölmaydi. Şunday global muammolar borki, ular bizdan birgalikda harakat qilişni talab etadi», dedi jurnalistlar bilan uçraşuvda Baydenning mintaqa böyiça yordamçisi.
Xitoyda Blinkenni sovuqqina kutib olişdi. Çorşanba kuni Blinken hamda Xitoy taşqi işlar vaziri örtasidagi telefon suhbati haqida xabar bergan Xitoy tomoni «özaro munosabatlar sovuqlaşişida aybdor kimligi aniq ekani»ni yozib, bu orqali AQŞga işora qildi. «AQŞ Xitoyning xavotirlarini hurmat qilişi, raqobat nomi bilan suverenitet va xavfsizlik masalasidagi mamlakatning içki işlariga aralaşişni bas qilişi kerak», degan bayonotda Xitoy taşqi işlar vaziri Sin Gan.
AQŞ tomoni Blinkenning taşrifidan katta natijalar kutmaslikni maslahat bergan. Aftidan, bu uçraşuvda erişilgan eng katta narsa – u amalga oşganining özi böladi. AQŞ Davlat departamentidagi Şarqiy Osiyo böyiça boş mutaxassislardan biri Deniyel Kraytenbrink taşrifdan keyin ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar keskin özgarib ketişini kutmaslik kerakligi haqida oçiq gapirdi.
Uning fikriça, Blinkenning taşrifidan keyin ikki davlat vakillari örtasidagi aloqalar davom etsa, mana şu aloqalarni rivojlantiriş mumkin.
Savdo mojarolarini yengillaştiriş

Jo Baydenning Xitoy bilan munosabatlari keskin boşlandi, çunki u özidan oldingi prezident Trampning savdo böyiça joriy qilgan çeklovlarini ham, Xitoyning bir milliard dollar va undan qimmatroq turuvçi tovarlari uçun joriy qilingan qöşimça bojni ham bekor qilmadi.
Bayden ikki davlat örtasidagi «savdo uruşi»da bosimni oşirdi, deyiş ham mumkin. Masalan, u AQŞning elektronika bozoridagi gegemonligini saqlab qoliş maqsadida Xitoy kompaniyalariga kompyuter çiplarini sotişni taqiqladi. Xitoy bunga AQŞning yirik Micron firmasidan xotira çiplari importini taqiqlaş bilan javob berdi.
Kempbell Xitoyning xavotirlarini tuşunişi, ammo hozirgaça qilgan va kelajakda qilinajak harakatlarini izohlaşga tayyorligini aytdi.
Ikki tomon munosabatlarida turli rivojlanadigan sohalar mavjud. Masalan, kompyuter texnologiyalari sohasida ikki davlatning raqobatlaşuvi tabiiy bölsa, giyohvand moddalar kontrabandasiga qarşi kuraş sohasida Xitoy va AQŞ hamkorlikda harakat qilişi mukin.
AQŞ Xitoyning geroindan bir neça baravar kuçli bölgan fentanil-sintetik opiod işlab çiqaruvçilari foydalanadigan kimyoviy komponentlar eksportini kamaytirişini istaydi. Çunki AQŞda oxirgi yetti yilda fentanil dozasini oşirib yuboriş oqibatida sodir bölgan ölimlar soni uç baravarga oşgan. «Bu AQŞ uçun muhim va keçiktirib bölmas masala», degan Kraytenbrink.
Uruş va tinçlik
Ayğoqçi şar bilan boğliq voqeadan keyin Xitoy Rossiyaga qurol yetkazib berişi mumkinligi haqida xabarlar tarqala boşladi. Oxirgi vaqtlarda amerikalik mulozimlar bunday ayblovni ilgari surmay qöyişdi. Va balki bu orqali Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş AQŞ va Xitoy örtasidagi mojaroga aylanib ketişining oldini olişga intilişayotgandir.
Ammo Blinken Xitoyga taşrifi davomida mamlakat Rossiyaga qurol yetkazib bersa, buning oğir oqibatlari bölişini navbatdagi marta eslatib ötişi tabiiy. Çunki Venadagi AQŞ va Xitoy vakillarining oxirgi uçraşuvida ham amerikaliklar tomonidan bunday ogohlantiriş yangragandi.
Tayvan böğozi va Janubiy-Xitoy dengizida Xitoy va AQŞ harbiy kemalarining favqulodda faollaşuvi ham kamaymayapti. Xitoy bu suvlarning barçasi öziga tegişli deb hisoblasa, AQŞ bu xalqaro suvlar ekanini da’vo qiladi.
Blinken va jamoasi Xitoyga taşrifdan asosiy maqsad – ikki tomon örtasida yuzaga kelişi mumkin bölgan mojaro riskini kamaytirişdan iborat ekanini aytmoqda. Buning uçun esa avvalo ikki tomonlama muloqotni tiklaş kerak edi va yakşanba kuni bu yönalişda birinçi qadam taşlandi.
Hozirça bundan köproq nimadir kutiş imkonsiz. Çunki AQŞda prezidentlik saylovlari yaqinlaşmoqda. Baydenning saylovoldi dasturida esa odatda Xitoyga nisbatan keskin ritorikadagi çiqişlar böladi. Ammo ikki tomon özaro muloqot uçun kanallar faoliyatini tiklay olsa, bu Xitoy uçun ham, AQŞ uçun ham faqat manfaatli böladi. Avvalo juda past bölsa-da ehtimoli mavjud bölgan harbiy ziddiyatning oldi olinişi jihatidan.











