Ukrainaning mamlakat janubidagi yurişi juda sust rivojlanmoqda. Ikki yönalişdagi (uçtadan) dastlabki muvaffaqiyatlaridan keyin Ukraina qurolli kuçlari hali ham Rossiya mudofaasining asosiy çiziğiga yetib kela olmadi. Uçinçi yönalişda esa (Orixiv şahridan janubi-ğarbda) Ukraina kuçlari umuman heç qanday yutuqqa erişa olmadi. 

Bu ukrain qöşinlari Rossiya mudofaasining öziga xos xususiyatlariga moslaşayotgani bilan boğliq. Ukraina qurolli kuçlari dastlab ötkazişni rejalaştirgan manyovrlar örniga mamlakat janubida ham boşqa yönalişlardagi kabi rejimga ötdi: kamikadze dronlar va uzoq masofali artilleriya bilan Rossiyaning içkaridagi pozitsiyalariga köp sonli zarbalar yöllaş, kiçik otryadlar bilan RF qurolli kuçlarining örmonzorlaridagi pozitsiyalarini şturm qiliş. Bunday uruş olib boriş katta yutuqlar va katta hududlarni ozod etişni va’da qilmaydi, ammo bu orqali katta muvaffaqiyatsizliklardan qoçiladi. Yaxşi razvedka va boşqaruvçisiz aviatsiyadagi ustunlik (va uzoq masofaga zarba beruvçi artilleriya aniqligi) evaziga Ukraina qurolli kuçlari texnikadagi yöqotişlarni muvozanatlaştirişi mumkin.

Şu bilan birga, Ukraina qömondonligi hali ham yuriş uçun yiğilgan asosiy kuçlarini jangga taşlamadi. Hujumlarda Ukraina yozgi kampaniya uçun tuzgan hamda ğarb texnikalari bilan qurollantirilgan 20 brigadadan faqat törttasi qatnaşmoqda. Yurişda şuningdek tört-beşta «eski» brigadalar (jumladan, hududiy mudofaa qismlari), eksi va «yangi» artilleriya brigadalari va dronlar operatorlarining kuçaytirilgan guruhlari ham iştirok etmoqda.

Ikki savol örtaga çiqadi:

  • Hujumning bunday rivojlanişi Ukrainaning dastlabki rejasidan qançalik farq qiladi?
  • Ukraina qurolli kuçlari yaqin kunlar yoki haftalarda yuzlab tanklar va boşqa zirhli texnikalar bilan qurollangan brigadalar bilan asosiy zarbani berişni reja qilganmi?

Ukrainaning hujum rejasi, tabiiyki, noma’lum. Faqat aytiş mumkinki, reallik Ğarbdagi köplab ekspertlar va iste’fodagi harbiylarning kutilmalaridan jiddiy farq qilmoqda. Masalan, Markaziy razvedka boşqarmasining sobiq rahbari Devid Petreus 3 iyun kuni — yuriş boşlanişi arafasida — Ukraina qurolli kuçlari asosiy zarbani darhol berişini başorat qilgan, unga köra dastlabki 72–96 soatlikda maksimal kuçlar bilan harakatlanib, Rossiya mudofaasi yorib ötilişi kerak edi.

Prognozlar va reallik örtasidagi farqni ikki yöl bilan  tuşuntiriş mumkin.

  • Birinçisi — Ğarbda keng tarqalgan versiya — Ukraina qurolli kuçlari qömondonligi hujumni asta-sekinlik bilan boşlaşga qaror qildi, şu orqali asosiy zarbaga tayyorgarlik köriladi va bu zarba keyinroq uçta yönalişdan birida yoki boşqa qayerdadir beriladi (bu nazariya böyiça variantlarni bu yerda, bu yerda va bu yerda öqiş yoki tinglaş mumkin). Bu variantga köra yaqin vaqtlar içida frontning qaysidir uçastkasida yuzlab tanklarga ega yetti-sakkiz brigadaning yoppasiga hujumga ötişini kutiş kerak.
  • Ikkinçisi: Ukraina qurolli kuçlari yurişning birinçi bosqiçida qöyilgan maqsadlarga erişa olmadi (nisbatan kiçik kuçlar bilan Rossiya mudofaasini yorib ötişga), şuning uçun ikkinçi bosqiç boşlanişi keçikadi — jangga zaxira kuçlarni olib kelinadi. Bu holatda Ukraina qurolli kuçlari qayta guruhlanişi va yangi reja işlab çiqilişi kerak böladi, şuningdek, rossiyaliklarning front ortidagi nişonlarni qöşimça razvedka qiliş, Rossiya artilleriyasini bostiriş, minalangan maydonlarni portlatiş, havo hujumidan mudofaa tizimlarini yöq qiliş va zarbdor dronlar guruhini yöq qiliş böyiça uzoq iş olib borişga töğri keladi. Katta ehtimol bilan, Ukraina qurolli kuçlari qömondonligi mudofaani yorib ötiş uçun darhol yirik kuçlarni taşlaş kerak böladi degan xulosaga kelgan, bu kuçlar (agar şunday reja bölgan bölsa) mudofaa çiziği yorib ötilganidan keyingi manyovrlar uçun möljallangandi.

Hozirça harbiy harakatlar, bir hafta oldin bölgani kabi, öşa hududlarda katta şiddat bilan davom etmoqda.

Velika Novosilka hududi

  • Ukraina qurolli kuçlari Velika Novosilkadan janubda, Mokriye Yali daryosi vodiysidagi qişloqlarni ozod etgaç (RF mudofaa vazirligi bu hududni «Vremevka börtiği» deb ataydi), şuningdek uning atrofidagi tepaliklarni egallagaç, yuriş sekinlaşib qoldi. Ukraina qurolli kuçlari şu vodiydagi keyingi qişloqlarga hujum uyuştirdi — birinçi navbatda, şarqiy sohildagi Urojaynega. Rossiyaliklar tarqatgan videolarga köra, hujumlar qaytarilgan (dron orqali Urojayne çekkasida olingan videoda ukrainlarning zarbaga uçragan va taşlab ketilgan zirhli maşinalari körinadi). 
  • Ukraina qurolli kuçlari hududda kamikadze dronlar operatorlarining bir neça kuçli otryadlarini, şuningdek artilleriya qismlarini jamlagan. Ular rossiyaliklarning içki hududiga hujumlar uyuştirib, önlab nişonlarga (asosan artilleriya qurollari) zarbalar berişgan. Yurişni davom ettiriş uçun birinçi navbatda raqib artilleriyasini bostiriş talab etiladi. RF qurolli kuçlari ham kamikadze dronlar va artilleriya zarbalari bilan javob qaytarmoqda.
  • Rossiya qömondonligi ukrainlarning qarşi hujumi boşlanganidan buyon ilk marta frontga qöşimça kuçlar taşladi — aynan Velika Novosilka janubidagi uçastkaga.
  • Janglar hamon Rossiyaning asosiy mudofaa liniyasidan 10 kilometr masofada olib borilmoqda. Bu çiziqni yorib ötiş (va hatto ungaça yetib keliş) hozirça Ukraina qurolli kuçlari uçun muşkul va uzoq muddatli vazifa.

Orixiv yönalişi

Rossiya mudofaa vazirligi ukrainlar öz qarşi hujumi davomida katta miqdordagi harbiy texnikalaridan ayrilganini ma’lum qilgan. Ayrim baholarga köra, bu yuriş uçun tayyorlangan texnikalarning 10 foizini taşkil etadi.
  • Iyun oyi boşida Ukraina qurolli kuçlari 47-mexanizatsiyalaşgan brigadasining Leopard tanklari va Bradley zirhli maşinalaridan iborat ikki kolonna front tomon harakatlanişda minalangan maydonga tuşib qolib, katta yöqotişlarga uçraganidan keyin, ukrainlarning bu hududdagi yurişlari töxtab qoldi. Ukraina qurolli kuçlari texnikalarning bir qismini evakuatsiya qilişga muvaffaq böldi, qolgani RF qurolli kuçlari tomonidan ölja qilib olindi. Raqiblar kamikadze dronlar va artilleriya orqali front ortiga va oldingi pozitsiyalarga zarbalar berişga kirişgan (heç qanday oldinga siljişlar közga taşlanmayapti).
  • RF qurolli kuçlari 17 iyun kuni tanklar va zirhli maşinalarning yana bir kiçik kolonnasini aniqlagan va unga kamikadze dronlar bilan (şu jumladan Leopard tankiga) hujum uyuştirgan. Hujum natijasi noma’lum.

Lobkove va Pyatixatki

  • Zaporijjya şahridan janubda (va Orixivdan 30 kilometr ğarbda) katta bölmagan kuçlar bilan (artilleriya va dronlar operatorlari otryadlari bilan qöllab-quvvatlanayotgan bitta toğ öqçilari brigadasi) rossiyaliklarning Lugove va Pyatixatki qişloqlari orqali ötuvçi mudofaa çiziğiga yuriş qiliş davom ettirilmoqda. Bu yurişdan maqsad Dnipro daryosi böyida, Vasilivka şahrida mudofaalanayotgan Rossiya qismlari qanotiga çiqiş. Bundan taşqari, bu hududda mudofaa çiziği yorib ötilişi orqali ukrain qöşinlari Orixivdan Tokmak va Melitopol tomonga yuriş qilişga harakat qilayotgan guruh bilan birgalikda harakatlanişi mumkin böladi.
  • Qarşi hujumning ilk kunlarida bu yönalişdagi Lobkove qişloği ozod etilgaç, Lugove va Pyatixatkini egallaş uçun qator urinişlar amalga oşirilgandi: lekin bu yerda ham minalangan maydonlar, rossiyaliklarning dronlari hujumlari va Pyatixatkida joylaştirilgan tanklardan öt oçilişi xalaqit qilayotgandi. 17 iyun kuni Rossiyadagi manbalar Ukraina qurolli kuçlari Pyatixatkiga kirişga muvaffaq bölgani, ammo keyin ortga çekintirilgani haqida ma’lumot paydo böldi. 18 iyun kuni esa ukrainlar brigadasi baribir Pyatixatki qişloğini ozod etgani ma’lum böldi – Ukraina mudofaa vaziri örinbosari Anna Malyar sönggi ikki hafta içida ukrainalik harbiylar janubga yetti kilometr ilgarilab, 113 kvadrat kilometr hududni qaytarib olganini aytdi: Novodarivka, Levadne, Storojyeve, Makarivka, Blahodatne, Lobkove, Neskuçne va Pyatixatki.
Xaritaning yuqori qismida siyohrangda ukrainlar qarşi hujum davomida ozod etgan hudud körsatilgan