Ukrainadagi uruşning 481-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Aleksey Navalniy uruş va Putinga qarşi taşviqot loyihasi boşlaganini e’lon qildi. Rejaga köra, kampaniya iştirokçilari odamlarni Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga qarşi «oyoqlantirişi» kerak.
  • Rossiya boş prokuraturasi «Agora» xalqaro huquq himoyaçilari guruhini «istalmagan» taşkilot deb e’lon qildi.
  • Rossiya BMTga Ukrainaning Kaxovka GESdagi falokatdan jabrlangan hududlariga kirişga ruxsat bermadi. Bu haqda BMTning Ukrainadagi humanitar muvofiqlaştiruvçisi Deniz Braun ma’lum qildi.
  • Ukraina mudofaa vazirligi Ukraina qurolli kuçlari Zaporijjya oblasti janubidagi Pyatixatki qişloğini ozod etganini ma’lum qildi.
  • Buyuk Britaniya Moskva Kiyevga tovon puli tölamagunça, Rossiyaga qarşi sanksiyalar saqlanib qolajagini bildirdi.
  • Davlat dumasi spikeri Vyaçeslav Volodinga köra, uruş boşlanganidan keyin mamlakatni tark etgan rossiyaliklarning teng yarmi qaytib kelgan. U qolganlarni ham «kallani işlatiş»ga çaqirgan.

Kun kadri. Donetsk yaqinidagi janglar

Ukraina qurolli kuçlari Ukraina janubida — Zaporijjya oblasti va uning Donetsk oblasti bilan çegara hududlarida qarşi hujumni davom ettirayotgan mahalda Rossiya qöşinlari Donetsk atrofida hujumlarni qaytadan boşladi. RF qurolli kuçlari Donetsk janubi-ğarbidagi Maryinka şahridan janubda yuriş boşlagan, şuningdek Donetskdan şimoldagi Avdiyivka atrofida harbiy harakatlar boşlangan.

Rossiya armiyasi uşbu ikki şaharni egallaş uçun 2022 yildayoq harakat boşlagandi. Qişda RF qurolli kuçlari katta yöqotişlar evaziga Maryinka şahri markazini egallagan, şuningdek Avdiyivkadan şimol va janubdagi örmonzor va dalalar böylab ilgarilagandi. Ammo Ukraina qurolli kuçlari hududdagi qöşinlari qurşovga tuşişiga yöl qöymadi hamda Donetskdan şimol va ğarbdagi yöllar ustidan nazoratni saqlab qoldi.

Donetsk oblastidagi front çiziğida kötarilgan tutun
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi ukrain tankçilari va artilleriyaçilari

Ukrainaning knyaz Konstantin Ostrojskiy nomidagi 30-mexanizatsiyalaşgan brigadasi harbiylari 2022 yil kuzida Baxmut atrofida Rossiya qöşinlaridan ölja qilib olingan T-80 tankida ketmoqda.
EPA / Scanpix / LETA
Hududiy mudofaa qismlarining 60-batalonidan bölgan ukrain harbiylari Donbassdagi bazada artilleriya zaryadlarini tayyorlamoqda
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Hududiy mudofaa qismlarining 60-batalonidan bölgan ukrain harbiylari rossiyaliklarning Baxmut atrofidagi pozitsiyalarini öqqa tutmoqda.
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmut atrofidagi ukrainalik harbiylar rossiyaliklarning pozitsiyalarini yuk maşinasiga örnatilgan S-60 zenit zambaragidan öqqa tutmoqda
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ukraina qurolli kuçlarining Baxmut atrofidagi dala hospitali 

Yarador ukrainalik harbiy Baxmut atrofidagi tibbiy yordam körsatiş punktida
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Xerson öqqa tutilişi oqibatlari

19 iyunga ötar keçasi Rossiya qöşini Xersonga zarba yölladi — şaharda bir qança yonğinlar yuzaga keldi. Ukraina IIV xabariga köra, şahardagi yonilği quyiş şoxobçalaridan biridagi gaz saqlagiç ham yonib ketgan. Şuningdek, korxonalardan birining hududida yonğin çiqib, omborxona binosi, körgazmalar zali va xöjalik qurilmalari yonib ketgan. Oblast harbiy ma’muriyatiga köra, bir kişi jabrlangan.

Kaxovka GES töğonidagi vayrongarçilikdan söng Belozerka, Dniprovsk, Novogredneve va Blahodatovka qatori Xersonning ham bir qismi hamon suv ostida qolmoqda. Bu aholi yaşaş manzillarida 843 ta turar joy binosini suv bosgan.

Xersonda öt öçiruvçi rossiyaliklar zarbasidan keyin çiqqan yonğinni öçirmoqda
Xerson oblasti FVDX matbuot xizmati / Reuters / Scanpix / LETA