Norvegiya hukumati Ukrainaning yadroviy xavfsizligi uçun 250 million krona (taxminan 21,5 million yevro) ajratmoqçi. «Uruş Ukraina yadroviy xavfsizligiga tahdid soladi», deyiladi TIV 19 iyun, duşanba kuni e’lon qilgan bayonotda. «Ukrainadagi yadroviy avariya nafaqat Ukrainaning özi, balki çegaralaridan taşqarida ham oqibatlarga olib keladi».

Ta’kidlanişiça, Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlikka öz mutaxassislarining Ukrainadagi bir qator atom elektr stansiyalari, jumladan, Çernobil va Zaporijjya AESda qolişini ta’minlaş uçun 100 million krona yuboriladi. Qolgan 150 million krona atom elektr stansiyalari majmualari xavfsizligini ta’minlaşga yönaltirilişi kerak. 

Mablağlar 2023 yildan 2027 yilgaça Ukrainani qöllab-quvvatlaş uçun möljallangan maxsus fonddan olinadi. Bu davrda Norvegiya Ukrainaga fuqarolik va harbiy yordam uçun jami 75 milliard krona ajratmoqçi. 

15 iyun kuni Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik rahbari Rafael Grossi ZAESga taşrif buyurdi. Uning sözlariga köra, u yerda vaziyat «jiddiy». Hozirda agentlik ekspertlari guruhi doimiy ravişda u yerda bölib turibdi.