O‘zbekiston | 15:24 / 20.06.2023
93902
2 daqiqa o‘qiladi

Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi 28 iyun kuni masjidlarda Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqtlarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda ertalab soat 05:15 da Qurbon hayiti namozi o‘qiladi.

O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi masjidlarda Qurbon hayiti namozi quyidagi vaqtlar tafovutini inobatga olgan holda ado etiladi:

  1. Andijon – 05:10
  2. Namangan – 05:10
  3. Farg‘ona – 05:10
  4. Toshkent shahri – 05:15
  5. Toshkent viloyati – 05:20
  6. Sirdaryo – 05:25
  7. Jizzax – 05:30
  8. Samarqand – 05:35
  9. Navoiy – 05:40
  10. Qashqadaryo – 05:40
  11. Buxoro – 05:40
  12. Surxondaryo – 05:40
  13. Xorazm – 05:50
  14. Qoraqalpog‘iston Res. – 05:50

Ma’lum qilinishicha, jadvalda ko‘rsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 20-25 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 28 iyun – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida xulosa qildi. Unga ko‘ra, qabul qilingan prezident farmoni bilan o‘zbekistonliklar quyidagi kunlarda dam oladi:

  • 28 iyun, chorshanba — Qurbon hayiti bayrami;
  • 29 iyun, payshanba — ish haftasi turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 30 iyun, juma — ish haftasi turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 1 iyul, shanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 2 iyul, yakshanba — taqvim bo‘yicha dam olish kuni. 

Mavzuga oid