Buyuk Britaniyada yoz oylarida issiq ob-havo rekordlari yangilanyapti. 2019 yilda eng issiq harorat 38,7 daraja bölgan, 2022 yilda esa 40,2 daraja qayd etilgan. Bu yilgi harorat ötgan yilgilaridan ham baland böladimi yoki yöqmi hozirça aniq emas. Lekin yoz kelişi bilan köplab boğbonlar nasoslar orqali boğlarini suğorişadi va bunga ortiqça suv sarflanadi. 

Buning oldini oliş uçun 26 iyundan boşlab Kent va Sasseks hududlarida şlang quvurlarini işlatiş taqiqlandi. Bundan taşqari, Kornoull va Şimoliy Devon okrugida ham nasosdan foydalaniş çeklangan.

Bunda boğlarni suğoriş, maşinalarni yuviş va hovuzlarni töldiriş uçun şlangdan foydalaniş taqiqlanadi. Qoidani buzganlar 1000 funt sterling (1 277 dollar) jarima tölaşiga töğri keladi.

Har ön daqiqada örtaça şlang 170 litr suv sarflaydi. Purkagiç bir soat içida sarflaydigan suv tört kişilik oila bir kun davomida işlatadigan suvga teng. Şuning uçun ham şlanglarni taqiqlaş ekologiya uçun foydali deb qaralyapti.

Boğbonlarga esa şlang bilan suğoriş örniga maxsus idişlarda faqat ösimliklar tagiga suv quyiş usulidan foydalaniş tavsiya qilinyapti. Yoki turli yöllar bilan yomğir suvini töplab oliş va uni suğoriş mavsumi kelgaç işlatiş mumkin.