O‘zbekistonda mis, oltin, kumush, uran ishlab chiqarish karrasiga oshiriladi
Shuningdek, mahalliy tadbirkorlarga ham strategik foydali qazilma konlarini berish yanada kengaytiriladi. Dunyoda talab oshib borayotgan, elektromobil, elektrotexnika, yashil energetika sohalari uchun muhim bo‘lgan litiy, grafit kabi xomashyolarni ilk bor o‘zimizda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: O‘zLiDeP
Bu haqda O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev navoiylik saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Nomzodning kelgusi yetti yildagi sanoatni rivojlantirishga oid rejalariga ko‘ra:
- “Navoiy kon metallurgiya kombinati”da 3 milliard 800 million dollarlik 19 ta loyiha amalga oshiriladi;
- kuni kecha 1-bosqichi ishga tushirilgan “Pistali koni”ning 2-bosqichi ham yil yakunigacha foydalanishga topshirilib, ushbu loyiha hisobiga yiliga qo‘shimcha 4,4 tonna oltin ishlab chiqariladi;
- “Navoiy uran”da 550 million dollarlik 11 ta loyihani amalga oshirish orqali uran zaxiralari 67 ming tonnadan 100 ming tonnaga yetkaziladi.
“Umuman olganda, 2030 yilgacha mis qazib olish 3,5 barobar, oltin – 1,5 barobar, kumush – 3 barobar, uran – 3 barobarga oshiriladi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Uning keltirishicha, butun dunyoda talab oshib borayotgan, elektromobil, elektrotexnika, yashil energetika sohalari uchun muhim bo‘lgan litiy, grafit kabi xomashyolarni ilk bor o‘zimizda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Jumladan:
- Toshkent viloyatida yiliga 8 ming tonna litiy, Buxoroda 50 ming tonna grafit ishlab chiqariladi;
- Ohangarondagi mis, Bekoboddagi qora metall, Chirchiqdagi qishloq xo‘jaligi texnikasi klasterlarida 10 milliard dollarlik 46 ta korxona barpo etiladi;
- kelgusi yetti yilda 60 ming kvadrat kilometr maydonda geologiya-qidiruv ishlari amalga oshirish uchun budjetdan 10 trillion so‘m yo‘naltiriladi;
- bu yo‘nalishga Kanada, Fransiya, Avstriya, Yaponiya, Xitoy, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari kompaniyalarining 2 milliard dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarini ham jalb qilinadi.
Shuningdek, mahalliy tadbirkorlarga ham strategik foydali qazilma konlarini berish yanada kengaytiriladi. Bu borada, shu yilning o‘zida oltin, kumush, volfram, ko‘mir hamda noruda konlarga 500 ta ruxsatnomalar beriladi hamda bu ishlar kelgusi yillarda 4 barobar oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeIga nomzodlarga Rossiyadagi paradga bormaslik kerakligi aytildi
Jahon | 08:46
-
TSAHAL G‘azodagi operatsiya strategiyasini radikal o‘zgartirdi
Jahon | 08:45
-
Harvard professorlari Tramp ma’muriyatini sudga berdi - gap 9 mlrd dollar haqida
Jahon | 08:22
-
Harvard professorlari Tramp ma’muriyatini sudga berdi - gap 9 mlrd dollar haqida
Jahon | 08:22
Mavzuga oid

01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi

13:08 / 10.02.2025
Kosovodagi saylovlarda bosh vazir Kurtining hukmron partiyasi g‘alaba qozondi

21:57 / 07.02.2025
Ukrainada saylovlar o‘tkazilishi mumkinmi?

16:35 / 04.02.2025