Biroq sönggi voqealar ortidan qaytadan razvedka ma’lumotlarining işonçliligi, hududni nazorat qiliş darajasi va HAMAS harakatining hatto kuçli zarbalardan söng ham öz faoliyatini tiklaş qobiliyati haqidagi savollar kun tartibiga qaytdi, deb xabar bermoqda Isroilning Walla naşri.

Aynan mana şu hududlarda HAMAS ba’zi obektlarini tiklaşga, binolarni qömondonlik markazlariga aylantirişga va yer osti infratuzilmasidan qayta foydalanişga erişgan. Bu esa operatsiyalar tugaganidan söng yetarli nazorat örnatilmagani va razvedka xatolari borligini körsatadi. Tunnellarni yöq qiliş muammosi hali ham dolzarb: hatto kuçli zarbalardan söng ham yer osti kommunikatsiyalar töliq vayron qilinganiga işonç yöq.

TSAHAL vakillari avvalroq «HAMAS metro tarmoği» deb ataluvçi yer osti tizimini yöq qilgani haqida ma’lum qilgan edi, ammo amaliyotda bu tunnellar faoliyatini davom ettirmoqda. Ulardan köp qismi faqat sönggi kunlarda aniqlanib yöq qilingan. Bu esa uruş boşidagi rasmiy bayonotlarning işonçliligiga şubha uyğotmoqda.

Öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuv buzilgandan söng manyovrlar qayta boşlangan.

General-leytenant Eyal Zamir boşçiligida amalga oşirilayotgan yangi taktika reydlarga emas, balki hududni uzoq muddatli egallab turişga asoslanmoqda — bunday yondaşuv hamasçilarga qayta kuç töplaş imkonini bermaydi. Asosiy e’tibor muhandislik işlari va izçil nazoratni örnatişga qaratilgan. Bu esa katta resurs, vaqt va qismlar örtasida yuqori darajadagi muvofiqlikni talab qiladi.

Strategik öqlar, xususan Morag öqiga alohida urğu berilmoqda. Bu öq Rafahni Xon Yunusdan ajratib qöydi va Ğazo sektori böylab harakatni çeklab, hamasçilarning harakatini mustahkam nazoratga oliş imkonini yaratdi.

Sönggi ma’lumotlarga köra, Isroil qöşinlari Ğazo hududining taxminan 30 foizini nazorat qilmoqda. Yakuniy maqsad — sektorning yarmidan köproq qismni egallaş. Bu HAMAS pozitsiyalarini zaiflaştiriş, ularning harbiy salohiyatini çeklaş va logistika yöllarini kesiş uçun amalga oşirilmoqda.