Xalq demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Uluğbek Inoyatov farğonalik saylovçilar bilan uçraşdi. Siyosatçi öz dasturidagi taklif-taşabbuslar haqida atrofliça ma’lumot berdi.
Xususan, qimmatbaho mol-mulk uçun soliq joriy etiş, bunda miqdori qonun bilan belgilangandan yuqori uy-joy, avtotransport yoki boşqa mol-mulk mulkdorlaridan uşbu soliqning undirilişini nazarda tutiş taklif etilmoqda.
Bundan taşqari, Uluğbek Inoyatov ta’lim va ilm-fan bilan boğliq qator taşabbuslarni ham ilgari surmoqda:
- maktablar öquv dasturlarida çet tillari va IT böyiça öquv soatlarini keskin köpaytiriş;
- maktab öquvçilari uçun jamoat transportlaridan foydalanişda tabaqalaşgan tariflarni joriy qiliş;
- talabalarning darsni özlaştirişi va ularning innovatsion faoliyatda iştirokiga qarab, stipendiyalar miqdorini belgilaş;
- turar joy ijarasi uçun kompensatsiya tizimini doktorantlarga nisbatan ham joriy etiş;
- olis qişloqlardagi bolalar uçun möljallangan madaniyat muassasalari, sport inşootlari, “Barkamol avlod” markazlari, musiqa va san’at maktablarining faoliyatini yanada rivojlantiriş.












