Qişloq xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş jamğarmasiga Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi hisobidan 1 yilga 250 mln dollar miqdorida foizsiz mablağ ajratiladi.
Banklar tomonidan paxta-töqimaçilik klasterlariga 2022 yilda ajratilgan kreditlarni qaytariş muddati 1 yilga uzaytirilmoqda (250 mln dollar miqdoridagi qism böyiça).
Gazlama, trikotaj mato va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport qiluvçi korxonalarni aylanma mablağ bilan ta’minlaş uçun Eksportni rağbatlantiriş agentligi huzuridagi Eksportni qöllab-quvvatlaş jamğarmasiga pul mablağlarini ajratiş tartibiga aniqlik kiritilmoqda.
Jamğarmaga mablağlar quyidagi tartibda ajratiladi: 2023 yilda — 50 mln dollar, 2024 yilda — 150 mln dollar (2026 yil 1 yanvarda qaytariş şarti bilan).
Muqaddam 200 mln dollar miqdoridagi mablağlarni 3 yil muddatga yillik 4 foiz stavkada ajratiş haqida qaror qabul qilingan edi.












