Internetda Toşkent şahar hokimligining quriliş böyiça bölim boşliği Lutfulla Almanov 2500 dollar miqdorida pora olayotgan paytda Prokuratura huzuridagi departament tomonidan hibsga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

Poytaxt hokimligi matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan bayonotda mazkur xabar yolğon va haqiqatga töğri kelmasligi ta’kidlanadi.

Qayd etilişiça, Lutfulla Almanov Toşkent şahar hokimligida umuman işlamagan. Uşbu şaxs 2019 yilning 27 iyunidan 2021 yil 24 noyabr kuniga qadar Uçtepa tuman hokimligida tuman hokimining uy-joy kommunal xizmat körsatiş va obodonlaştiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlagan. Ya’ni bundan qariyb ikki yil oldin öz arizasiga köra vazifasidan ozod qilingan.