Öz isyonini boşlaşdan oldingi murojaatida Yevgeniy Prigojin boşqa narsalar qatori Rossiya armiyasi Zaporijjya oblasti va Baxmut uçun janglarda mağlubiyat ortidan mağlubiyatga uçrayotgani haqida gapirgandi. «Vagner» XHK rahbari özidagi ma’lumotlarga asoslangan holda RF qurolli kuçlari boy bergan aholi yaşaş manzillarini sanagan: Pyatixatki (Zaporijjyadan janubda), Rabotine posyolkasining bir qismi (Orixivdan janubroqda) va Urojayne (Velika Novosilka rayonining Donetsk va Zaporijjya oblastlari çegarasida). Bundan taşqari, Prigojin öz isyoni arafasida Ukraina qurolli kuçlari Dniproning çap sohilidagi Golaya Pristanga desant tuşirişga muvaffaq bölgani haqida gapirgandi.

Yuqorida sanalganlardan faqat Pyatixatki Ukraina qöşinlari tomonidan ozod etilgani tasdiqlangan, şuningdek, Ukraina qurolli kuçlari Rabotine tomon ilgarilamoqda (posyolkaga yetişga hali bir neça kilometr qolgan). Isyon boşlanişi arafasida qolgan joylarda vaziyat RF qurolli kuçlari uçun murakkablaşgan bölsa-da, kritik darajada oğirlaşgani yöq. Hozirça Ukraina qurolli kuçlari Rossiya harbiylari örtasidagi nizodan foydalanib qolganini körsatuvçi heç qanday ma’lumot yöq.

Ukraina armiyasi zirhli tank bölinmalari bilan amalga oşirilgan dastlabki hujumlar muvaffaqiyatsizlikka uçraganidan keyin taktikani özgartirgan: endi Ukraina qurolli kuçlari artilleriya va dronlar zarbalari bilan Rossiyaning front orti qismini kuçsizlantirişga urinmoqda (Zaporijjya va Donetsk oblastlarida front çiziğidan bir neça kilometr içkarida rossiyaliklarning gaubitsalari, havo hujumidan mudofaa komplekslari va radioelektron kuraş vositalariga yöllangan zarbalar aks etgan önlab videolar mavjud). Bundan taşqari, ukrain bölinmalari rossiyaliklarning tayanç punktlariga piyodalarning kiçik guruhlari bilan hujumlar uyuştirmoqda; bunda zirhli texnikalar piyodalarni Rossiya armiyasi pozitsiyalariga eltiş uçun öziga xos taksi vazifasini ötamoqda. Şu bilan birga, tarmoqda tarqalayotgan videolarga qaralsa, Ukraina qurolli kuçlarining texnika böyiça yöqotişlari (ayniqsa tanklarda) qarşi hujumning birinçi haftasidagi bilan soliştirilsa ança kamaygan.

Ukrain harbiylarining özlari tan olişiça, yuriş qilayotgan qöşinlar uçun asosiy xavf manbayi RF qurolli kuçlarining Ka-52 rusumli zarbdor vertolyotlari bölib qolmoqda. Ular sakkiz kilometr masofada va tankka qarşi raketalar bilan möljalga olib bölmaydigan past balandlikda harakatlanib, javob zarbasi istisno qilingan holatda ukrainlarning zirhli texnikalariga zarbalar bermoqda. Ukrainlarning qarşi hujumi boşlanganidan buyon şunday vertolyotlardan berilgan zarbalar aks etgan 70 dan ortiq videolar mavjud.

ISW: Prigojinning isyoni Rossiya qöşinlarining Ukrainadagi harakatlariga ta’sir qilmagan

Amerikadagi Uruşlarni örganiş instituti (ISW) xulosasiga köra, Rossiyada davlat töntarişi amalga oşirişga uriniş Rossiya qöşinlarining Ukrainadagi hujum va mudofaa amaliyotlari ötkazişiga jiddiy ta’sir körsatmagan.

«Ham Rossiyadagi, ham Ukrainadagi manbalar butun front çiziği böylab harbiy harakatlar odatiy rejimda davom ettirilganini xabar qilişgan, şu bilan birga Rossiya qöşini Baxmut atrofida oldingi kunlardagiga qaraganda bir neça barobar faollik bilan quruqlikdagi amaliyotlar ötkazişgan», deyilgan ISW’ning ertalabki hisobotida.

Ekspertlar taxmin qilişiça, «Vagner» kuçlarining bir qismi texnikalar bilan öz maşğulotlar lageriga qaytişi Kreml yollanma jangçilarni tarqatib yuborişni emas, ularning heç bölmaganda bir qismini saqlab qolişni istaşini körsatadi.

Rossiya mudofaa vazirligi rahbariyati uçun Yevgeniy Prigojin va Aleksandr Lukaşenkoning kelişuvi oqibatlari qanday bölişi aniq emas, lekin vazirlik rahbariyatidagi har qanday özgariş Prigojinning ğalabasi sifatida qabul qilinadi, deb hisoblaydi ISW ekspertlari.

Ukraina mudofaa vaziri örinbosari Anna Malyarning aytişiça, qöşinlar mamlakat şarqidagi qator yönalişlarda bir-ikki kilometrga ilgarilagan. 

«Bizning şarqdagi qöşinlarimiz ötgan hafta oxirida Orixiv-Vasilyivka, Baxmut, Bogdanovka, Yahidne, Kleşçiyivka va Kurdyumovka hududlarida qarşi hujum amaliyotlarini boşladi. Har bir yönalişda 1 kilometrdan 2 kilometrgaça ilgari yurilgan. Hozirda qöşinlar egallangan marralarda mustahkam örnaşmoqda va raqiblarni yakson etmoqda», deyiladi Malyarning telegram-kanalida. 

Uning sözlariga köra, frontdagi vaziyat ötgan hafta davomida özgarişsiz qolgan.

Zaporijjya oblasti ğarbi

  • Ukraina qurolli kuçlari yurişning ilk kunlaridayoq Lobkove qişloğini egallagan va unda mustahkam örnaşgandi. Sönggi haftada ular bir kilometr janubroqdagi Pyatixatki qişloğini ham ozod etişdi. 
  • Bu qişloq uçun şiddatli jang olib borildi: Ukrainaning 128-toğ-şturm brigadasi bölinmalari artilleriya zarbalari ostida Pyatixatkiga kirib kela oldi va u yerdan Osetin bataloni jangçilarini siqib çiqardi, keyin esa — RF qurolli kuçlarining bir qança qarşi hujumlarini qaytardi. Ikki tomon bir qança zirhli texnikalaridan ayrilgan. 
  • Janglar davom etmoqda: Rossiya armiyasi pozitsiyalari qöşni Jyerebyanka tepaliklarida joylaşgan, şu yerdan turib Pyatixatki artilleriyadan öqqa tutilmoqda. 

Orixiv yönalişi

  • Zirhli texnikalar bilan minalangan maydonlardan ötişga bir neça muvaffaqiyatsiz urinişlardan keyin Ukraina piyodalari baribir Orixiv — Tokmak trassasi böyiga yetib kela olişdi. Endilikda ukrain qöşinlari pozitsiyasi Rossiya mudofaasi tayanç punkti joylaşgan Robotinedan taxminan ikki kilometr masofada. 
  • Yuriş boşlanganidan buyon ilgarilangan masofa uç kilometr atrofida. Ammo rossiyaliklarning bu uçastkadagi yaxşi mustahkamlangan mudofaa çiziğigaça yetib kelişga hali ança bor.

Velika Novosilka

Velika Novosilkadan janubdagi Vremevka börtiği deb atalgan hududdagi qişloqlar ozod etilgaç, Ukraina qqurolli kuçlari Urojayne va Staromayorskda jiddiy qarşilikka duç keldi. Sönggi hafta davomida ukrain qöşini bu qişloqlardan şimolda faqat bir neça örmonzorlarni egallay olgan.

Baxmut atrofidagi vaziyat

  • Baxmutdan şimolda ukrain harbiylari Soledardan balandlikda joylaşgan Yakovlivka posyolkasiga hujum boşladi. Ukrainlarning zirhli texnikalari Yakovlivkaning şimoliy çekkalariga yetib kelgan. Ular bu yerda mustahkam örnaşib olgani haqida aniq ma’lumot yöq. Qişda «Vagner» kuçlari aynan Yakovlivka orqali Soledarga kirişgan, bu esa Ukraina qurolli kuçlarining Baxmut atrofidagi mudofaa çiziği qulaşini boşlab bergandi. Endi şu tomondan beriladigan kuçli zarba RF qurolli kuçlarining Baxmutdagi guruhini xavf ostida qoldiradi.
  • Britaniya razvedkasi ham Ukraina Baxmut hududida faollikni oşirgani haqida xabar bergan. Britaniya mudofaa vazirligi harbiy razvedkasining duşanba kungi hisobotida Ukraina Baxmut hududida faollikni oşirib, amaliyot davomida ukrain kuçlari şahardan şimolda ham, janubda ham ma’lum yutuqlarga erişayotganini qayd etgan. Qayd etilişiça, Rossiya hozirda bu hududda mudofaani mustahkamlaş va bir-biridan uzoq masofalarda joylaşgan sektorlarda yuzaga kelayotgan tahdidlarga javob qaytariş uçun kerak bölgan jiddiy operativ zaxiralarga egaligi dargumon.