Karib inqirozi. 60 yil oldin dunyo qanday qilib yadro uruşi yoqasiga kelib qolgandi?
|21:40 / 29.06.202321 57614 min
XX asrning 60-yillari tarixga SSSR va AQŞ munosabatlari nihoyatda keskinlaşgan davr bölib kirdi. Xususan, 1962 yildagi Karib inqirozi bu ziddiyatli aloqalarning eng yuqori nuqtasi sifatida namoyon böldi. Qurollaniş poygasining avj olişi dunyoni yadroviy uruş yoqasiga olib kelgandi.
Nevada poligonida "Kiçik bola" taktik yadro qurolining sinovi, 1962 yil 14 iyul.
Ikkinçi jahon uruşidan söng xalqaro munosabatlar tizimida ulkan özgarişlar sodir böldi. Davlatlar özlarining jahon hamjamiyatidagi mavqeyini mustahkamlaş uçun qurollaniş poygasiga zör berdi. Bu esa ikki qutbli xalqaro munosabatlar tizimi şakllanişiga va bir-biriga qarşi bölgan ikki ittifoqning yuzaga kelişiga olib keldi.
Uruş yakunida AQŞ tomonidan ilk atom bombasi sinovdan ötkazildi. Bu esa öz navbatida SSSRning ham öz yadroviy quroliga ega böliş uçun zör berib harakat qilişiga turtki berdi. Xususan, bir neça yillik urinişlardan söng sovetlar 1949 yilda uni sinovdan ötkazdi. Şunga qaramasdan davlatlar şu bilangina çeklanib qolişmadi. Ular doimo özlarining harbiy potensiallarini takomillaştirişga harakat qilişdi. 1952 yilda AQŞda vodorod bombasi yaratildi. Keyinroq SSSR ham bu qurolga ega böldi. Endilikda qurollanişning har bir sohasida raqobat boşlandi.
Şu tarzda atom bombalarini uzoq masofaga taşiydigan samolyotlar, qit’alararo ballistik raketalar, atom suvosti kemalari va insoniyatni bir neça marta yöq qilib yuborişi mumkin bölgan ommaviy qirğin qurollari zaxirasi yaratildi.
Sovuq uruş insoniyat tarixidagi eng tahlikali tinçlik davri böldi. Doimiy qurollaniş ulkan sarf-xarajatlarni talab etardi. Yadroviy qurol davlatlar uçun harbiy qudratini oşirib, öz örnini mustahkamlaşi bilan birga, bir-biri bilan töğridan töğri qurolli töqnaşuvlardan saqlab turuvçi faktor vazifasini ham ötagan. Umuman olganda, SSSR va AQŞ örtasidagi qarama-qarşilik har bir sohada namoyon böladi. Ularning siyosiy va boşqaruv tizimi şuningdek mafkuralari ham bir-biridan tubdan farq qilib, örtadagi ziddiyatga sabab böluvçi omillardan biri edi.
AQŞ ham, SSSR ham dunyoning turli qismlarida har tomonlama öz ta’sir doirasini kengaytiriş uçun harakat qilardi. Bu maqsadda SSSR sotsialistik inqiloblarni, AQŞ esa demokratiya örnatilişi yölidagi inqiloblarni qöllab-quvvatlardi. Ikki qudratli davlat örtasida munosabatlar keskinlaşuvi fonida dunyoda ikki siyosiy blok paydo böldi. Şu tariqa, qariyb yarim asr davomida kommunizm va kapitalistik dunyo örtasidagi ziddiyatlar xalqaro munosabatlar tizimida xal qiluvçi örinni egalladi. Ikki örtadagi munosabatlarning nihoyatda keskinlaşuvi va dunyoni yadro uruşi yoqasiga olib kelgan voqealardan biri tarixga “Karib inqirozi” nomi bilan kirgan.
AQŞ – Kuba munosabatlari keskinlaşuvi
Mavzuga oid
Kuba Karib dengizi havzasidagi orol davlat hisoblanib, geografik jihatdan AQŞga juda yaqin joylaşgan.
Kubaning joylaşuvi / Foto: Oq uy arxivi
Mamlakat asosan turizm va şakar eksportidan foyda körardi. Fidel Kastro hokimiyatga kelgunga qadar Kuba va AQŞ örtasida yaxşi aloqalar yölga qöyilgan bölib, Kuba iqtisodiga AQŞ katta miqdorda investitsiyalar yönaltirgan va bu yaxşigina daromad olib kelgan.
Kubada 1959 yilda amerikaparast Batista hukumati ağdarildi va Fidel Kastro boşliq kuçlar hokimiyatni qölga oladi. U hukumatga kelgaç, AQŞga birinçi çet el safarini uyuştiradi. Lekin prezident Duayt Eyzenxaur bandligini rökaç qilib, uçraşuvni rad etadi. Bundan ranjigan Kastro mamlakatdagi AQŞ kapitali asosida faoliyat yuritadigan sektorlarga bosim uyuştirib, ular faoliyatiga barham berişga kirişadi. Oqibatda AQŞ va Kuba munosabatlariga putur yetadi. Kuba iqtisodining katta qismi AQŞga boğliq bölgani sababli, Qöşma Ştatlar bundan ustalik bilan foydalanişga harakat qilib, Kubaga nisbatan iqtisodiy qamal e’lon qiladi. Mamlakat iqtisodi katta xavf ostida qoladi.
Fidel Kastro / Foto: Getty Images
1960 yil boşlarida AQŞ hukumati Kubaning şakarqamiş plantatsiyalarida iş taşlaş bilan siyosiy norozilikni boşlaş va muxolifatçilarni dastaklaş orqali Kastroga bosim ötkaziş rejasini işlab çiqadi va bosimni kuçaytiradi.
SSSR-Kuba munosabatlarining yaqinlaşuvi
Yuqoridagi omillar Kubani SSSR tomon yaqinlaşiş siyosatini amalga oşirişga undaydi. Fidel Kastro Kubada sotsializm qurilişini e’lon qildi. SSSR rahbariyati Kuba inqilobini sotsializmning butun dunyo böylab tarqalişi, deya baholaydi va Kubani qöllab-quvvatlay boşlaydi.
Sobiq ittifoq Kubaga arzon narxlarda neft mahsulotlari yetkazib beriş va undan qimmat narxlarda şakar import qilişni öz zimmasiga oladi. Kuba iqtisodi Sovet ittifoqining “beminnat” yordami hisobidan qayta tiklana boşlaydi.
Foto: Getty Images
Tabiiyki, AQŞ şundaygina biqinida sotsialistik davlatning vujudga kelişiga toqat qilolmasdi. Xususan, Eyzenxauer tomonidan Kuba davlatiga nisbatan bir neça marta hokimiyatni ağdariş uçun sun’iy inqiloblarni taşkillaştirişga urinişlar böladi. Lekin barça harakatlar samarasiz yakun topadi. Bunday omillar şundoq ham yomon tus olayotgan ikki davlat örtasidagi munosabatlar batamom murakkablaşuviga olib keldi.
Öz davlat suverenitetini mustahkamlaş maqsadida Kastro Sovet hukumatidan bir neça marta harbiy texnika va mutaxassislar böyiça yordam berişini sörab murojaat qiladi. Biroq dastlabki paytlarda SSSR tomonidan bu murojaatga nisbatan yordam körsatilmaydi. 1961 yilga kelib dunyoda sodir bölayotgan voqealar sovet hukumatini Kubaga harbiy qurol-aslahalar va hatto yadroviy raketalar joylaştirişga unday boşlaydi.
Kuba inqirozining boşlanişi
1961 yil AQŞ Turkiya hududiga özining 15 ta örta masofaga uça oladigan raketalarini joylaştiradi. PGM-19 “Yupiter deb nomlanuvçi raketalar 2400 km radius böylab harakatlanib, Moskva va boşqa SSSRning Yevropa qismida joylaşgan sanoat markazlariga zarba beriş qudratiga ega edi. AQŞ raketalarining bunday pozitsiyada örnatilgani SSSR uçun nihoyatda katta xavf tuğdirardi.
Endilikda sovet hukumati imkoniyatlarini tenglaştiriş, qolaversa AQŞ raketalarga javob tariqasida Kuba hududiga öz raketalarini joylaştirişga qaror qiladi. Kuba geosiyosiy joylaşuvi jihatdan AQŞga juda yaqin, Qöşma Ştatlar çegaralaridan qariyb 145 km uzoqlikda joylaşgan, şuningdek, SSSR bilan yaqin aloqalarni yölga qöygan sotsialistik davlat edi. Şu jihatdan, sobiq ittifoq hukumati uşbu mamlakatga raketalarni joylaştiriş orqali qandaydir yadroviy paritetga erişiş mumkinligini tuşunardi.
SSSR Kuba hududiga ikki turdagi örtaça 2000 km uzoqlikdagi masofaga uçuvçi P-12 va 4000 km masofagaça uçuvçi P-14 raketalarini joylaştiriş haqida öylay boşlaydi. Öz maqsadini amalga oşiriş yölida Kuba bilan yaşirin muzokaralar olib boradi. Unga köra, Kubaga SSSRning harbiy texnikalari, jumladan, raketalar, samolyotlar, vertolyotlar, tanklar va sovet qöşinlari olib kirilişiga kelişib olinadi.
“Anadir” operatsiyasi
Kelişuvga erişilgandan söng, sovet raketa va harbiy texnikalarini Kubaga oçiqçasiga olib kiriş qiyin edi. Bu işni amalga oşiriş uçun yaşirin reja işlab çiqiladi va bu “Anadir operatsiyasi” nomi bilan tarixga kirgan. Uning doirasida Kubaga 44 ming harbiy xizmatçidan iborat kontingent va 200 taga yaqin yadroviy qurolli raketalar yetkazib beriş rejalaştirilgandi.
Bu rejani amalga oşiriş xavfli bölgani sababli nihoyatda sirli va ehtiyotkorona ravişda iş olib boriş talab etilardi. Şuning uçun operatsiya puxta rejalaştiriladi. Harbiy qurollar kema bortiga issiq kiyimlar deya tavsiflanib joylaştiriladi va yukning qayerga borişi sir tutiladi.
Yadroviy raketalar ortilgan sovet kemasi
Öta maxfiy usulda amalga oşirilgan operatsiyalar bilan, 1962 yil 14 oktyabrgaça Kubaga 40ta raketa va köplab boşqa texnikalar keltiriladi. Şu tariqa, sobiq ittifoq özining unça katta bölmagan, ammo yuqori darajadagi maxsus tayyorgarlikdan ötgan harbiylaridan iborat qöşinni AQŞning qoq biqiniga joylaştiradi.
AQŞ Kuba ustidan muntazam ravişda razvedka parvozlarini amalga oşiradi va MRB San-Kristobal hududida olingan sovet ballistik raketalari suratlarini qölga kiritdi. 16 oktyabr kuni bu haqda Kennediga xabar berişadi. Şu daqiqadan boşlab Kuba raketa inqirozi boşlanadi. AQŞ hukumatidagilar SSSRning ogohlantirişsiz Kubaga örta masofada uçadigan raketalarini joylaştirganidan karaxt holatga tuşişadi. Kennedi maxsus inqiroz guruhini çaqiradi, uning a’zolari diplomatiyadan voz keçib, Kubaga töliq miqyosda bostirib kiriş va sovet raketa pozitsiyalariga zarba beriş çoralarini taklif qiladi. Dunyo yadroviy uruş yoqasiga kelib qolgandi.
Tomonlarning birgina notöğri xatti-harakati uruş boşlanib ketişiga turtki bölardi. AQŞ rahbarlari şundoqqina biqinida qanday xavf joylaşganini yaxşi bilişardi. Prezident Kennedi öz talablarini e’lon qilib, Kubaga qarşi karantin joriy qiladi. AQŞning 180 ta harbiy kemasiga Kubaga yöl olgan har qanday samolyot va kemalarni töxtatiş buyuriladi.
Butun dunyo hamjamiyati e’tibori Kuba raketa inqirozi tomoniga jalb qilindi. AQŞ harbiylari tomonidan orolni yöq qiliş, şuningdek Karib dengizi havzasida joylaşgan sovet harbiy qöşinlarini tor-mor qiliş rejasi işlab çiqila boşlanadi.
Foto: Getty Images
AQŞ öz çegaralari yaqinida joylaşgan sovet qöşinlariga nisbatan jiddiy e’tiroz bildiradi. Sovet ittifoqi esa Karib dengizi havzasida joylaşgan qöşini va yadro qurollari avvalo özi uçun yaqin döst bölgan Kuba davlati himoyasi uçun olib kirilganini ta’kidlaydi.
1962 yilning 24 oktyabriga kelib sovet ittifoqining murojaati asosida SSSR va AQŞ örtasida Kubada yadro qurolini joylaştiriş masalasini hal etiş böyiça BMT Xavfsizlik kengaşi majlisi çaqiriladi. Kubaga qöşin kiritiş uçun AQŞ harbiy havo kuçlari va dengiz qöşinlari hujumga şay holatga keltiriladi. Vaziyat misli körilmagan yomon tus olişi muqarrar bölib turgan vaziyatda tomonlar bir töxtamga keliş maqsadida muloqotga kirişadi.
AQŞning BMTdagi elçisi Adlay Stivenson Xavfsizlik kengaşi yiğilişida Kubadagi sovet raketalarining fotosuratlarini körsatmoqda.
26 oktyabr kuni Xruşçyov Kennediga xat yozadi va unda birinçi marta sovet raketalari joylaştirilganini oçiq tan oladi. Şuningdek, u AQŞ Kubaga hujum qilmaslik kafolati va Amerika raketalarini Turkiyadan olib çiqib ketiş evaziga qurilmalar demontaj qilinişiga va’da beradi.
Şunday bir şaroitda, 27 oktyabr kuni sovet harbiylari Kuba uzra uçib ketayotgan Amerikaning U-2 razvedka samolyotini urib tuşiradi. Vaziyat yanada taranglaşadi. Samolyot uçuvçisi halok böladi. Uşbu voqeadan söng harbiy qömondonlik prezident Kennediga hujumga ötiş va yoppasiga bombardimon qiliş kerakligi töğrisida maslahat beradi. Kastro esa Xruşçyov bilan boğlanib, AQŞdan oldinroq zarba berişga undaydi. Dunyo yadro uruşi yoqasida turar edi.
Karib inqirozining yakuni
Vaziyat nihoyatda keskinlaşgan bir paytda Kennedining uzoqni köra biladigan siyosatçi ekani qöl keladi. 27 oktyabrdan 28 oktyabrga ötar keçasi AQŞ prezidentining ukasi Robert Kennedi sovet elçisi Anatoliy Dobrinin bilan uçraşadi. U AQŞ rahbariyati Kubaga hujum qilmaslik kafolatini berişi va sotsialistik respublikadagi dengiz blokadasini bekor qilişga tayyorligini aytadi. Dobrinin kompartiya s’yezdini ötkazayotgan Xruşçyov bilan darhol boğlanib, vaziyat böyiça xabar yetkazadi. Sovet ittifoqi rahbari ham murosa rejasini darhol ma’qullaydi.
SSSR şartiga köra, AQŞ sovet ittifoqi va Kuba mustaqilligiga xavf tuğdirmasligi, Turkiyada joylaştirgan “Yupiter” raketalarini olib çiqib ketişi va uşbu tipdagi raketalarning Yaponiya va Italiya hududiga joylaştirilişini töxtatişi kerak edi. Şundagina sovet ittifoqi özining Kuba hududidagi barça raketalarini BMT vasiyligi ostida olib çiqib ketişiga va’da beradi.
Ikki davlat örtasida muzokaralar natijasida yakuniy kelişuvga erişiladi. Sovet ittifoqi harbiy qismlari Kuba hududini tark etişadi. Uç hafta içida BMT nazorati ostida SSSR Kuba hududidan özining barça raketalarini olib çiqib ketadi. Bu kelişuv Kuba rahbari Fidel Kastro bilan kelişilmagan holda amalga oşirilgani sababli ikki davlat örtasidagi munosabatlarga sovuqçilik tuşadi. Bunga javoban AQŞ ham Turkiyadan özining barça “Yupiter” raketalarini olib çiqib ketadi. 20 noyabr kuni Kennedi Kubaning dengiz blokadasi bekor qilinganini e’lon qildi. KPSS Markaziy qömitasining plenumida sözga çiqqan Xruşçyov amerikaliklar bilan erişilgan kelişuvlarni Moskvaning ğalabasi sifatida taqdim etadi.
Karib inqirozidan söng 1963 yil iyun oyida Vaşington va Moskva örtasida töğridan töğri aloqa liniyasini örnatiş töğrisidagi kelişuv imzolanadi. Şu tarzda Kreml va Oq uy örtasida bevosita şoşilinç aloqa telefoni taşkil etilib, bir-biri bilan fikr almaşiniş va maslahatlaşiş yölga qöyildi. Umuman olganda, Karib inqirozida iştirok etuvçi tomonlardan heç biri özlari közlagan maqsadlariga erişa olmaydi. Tomonlar qaysidir darajada saboq olganliklariga qaramasdan, qurollaniş poygasini davom ettirdi.