Ukraina hujumlarni qaytariş uçun öz hududida Ğarb davlatlaridan olingan qurol va harbiy texnika işlab çiqarişni taşkil etiş niyatida. Bu haqda prezident Volodimir Zelenskiy 28 iyun, çorşanba kuni Ukraina parlamentidagi çiqişi çoğida aytib ötdi. «Zarur qurollar tizimlari - havo hujumidan mudofaa, tanklar, hamkorlar tomonidan yetkazib berilayotgan zirhli maşinalar - biz Ukrainada işlab çiqariş va mahalliylaştirişga intilamiz. Bizning askarlar doimo qurolga ega böladi!» – dedi davlat rahbari. U Ğarbning aniq yetkazib beruvçilari va şartlarini aytmadi, lekin 10 yildan keyin mamlakat «boşqa xalqlar önlab yillar davomida bosib ötgan yöldan borişi kerak»ligini ta’kidladi.
Ukraina öz armiyasi va floti ehtiyojlarini qondiriş, şuningdek, «havo qalqoni» taşkil etiş va kibermakonda xavfsizlikni ta’minlaşga qodir kuçli harbiy-sanoat majmuasini oladi, dedi Zelenskiy. Uning sözlariga köra, Ukraina uçuvçisiz dengiz apparatlarini yasaşni örgangan va ulardan muvaffaqiyatli foydalanmoqda. «Har xil turdagi dronlarni işlab çiqariş Ukrainada Yevropadagi eng qudratli sohaga aylanişi kerak bölgan sohadir», — deya qöşimça qildi davlat rahbari.
May oyi örtalarida Germaniyaning harbiy texnika va qurol-yaroğ işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Rheinmetall konserni Ukrainaning «Ukroboronprom» davlat konserni bilan qöşma korxona yaratayotgani ma’lum böldi. Qöşma korxona iyul oyining örtalarida iş boşlaşi kerak. Korxona Ukrainaga Germaniya tomonidan «aylanma almaşinuv» doirasida yoki töğridan töğri berilgan harbiy maşinalarni ta’mirlaydi. Kelgusida hamkorlik Ukrainada Rheinmetall mahsulotlarini birgalikda çiqarişga qaratiladi.













