Yevropa Ittifoqi davlatlari Kiyev taklif qilgan «tinçlik formulasi»ni qöllab-quvvatlaş uçun xalqaro tinçlik sammitini rejalaştirişda Ukrainaga köproq yordam beriş niyatida. Bu haqda dpa agentligi 29 iyun, payşanba kuni bölib ötgan YeI yetakçilari sammitining birinçi kuni yakunlari böyiça bayonotga tayanib xabar bermoqda.
Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlarining bayonotida aytilişiça, Yevropa Ittifoqi davlatlari «tinçlik formulasi»ni maksimal darajada xalqaro qöllab-quvvatlaşni ta’minlaş uçun aloqalarni faollaştiriş niyatida. Şu nuqtayi nazardan, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Şveytsariyada ötkazişni taklif qilgan global tinçlik sammiti ham tilga olinyapti. Tadbirning aniq sanasi hali aniqlaştirilmagan.
Kiyev sammitda Ukraina «tinçlik formulasi»ni qöllab-quvvatlaydigan imkon qadar köproq davlatlar iştirok etişini kutmoqda. Formulaga Rossiya qöşinlarini Ukraina hududidan töliq olib çiqib ketiş, barça harbiy asirlarni ozod qiliş, harbiy jinoyatçilar ustidan sud jarayoni va Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari kiradi.
May oyida The Wall Street Journal Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Zelenskiyga Parijda tinçlik sammiti ötkaziş taklifi bilan çiqqanini aniqladi. WSJ ma’lumotlariga köra, Yevropa rasmiylari va diplomatlari unga Braziliya, Hindiston, Xitoy va Saudiya Arabistonini jalb qilmoqçi. Bundan taşqari, sammitda AQŞ prezidenti Jo Bayden va NATOning boşqa yetakçilari ham iştirok etişi kutilmoqda.













