Ukrainada uruşning 494-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- «Vagner» XHK «vaqtinçalik maxsus harbiy amaliyotda iştirok etmasligi» va Belarusga köçib ötayotgani tufayli jangçilarni yollaşni töxtatgani haqida e’lon qildi.
- Kubandagi harbiy aerodromda portlaş röy berdi.
- «Vesti nedeli» dasturida «Vagner» XHK Rossiya hukumatidan 858 milliard rubl, Prigojinning «Konkord» kompaniyasi (RF mudofaa vazirligi bilan oziq-ovqat ta’minoti böyiça şartnomalar tuzgan) — yana 845 milliard rubl olgani haqida aytildi.
- Rossiya propagandasi Baxmutning uruşdagi ahamiyatini pasaytirib körsatişni boşladi. Birinçi kanalda bu şahar uçun janglar Mariupol uçun janglar bilan taqqoslandi va hududi bir neça barobar katta bölgan Mariupol şahri (maydoni 244 kv.km va 425 mingdan ortiq aholi yaşagan) 71 kunda olingani, Baxmut uçun esa (maydoni 41,6 kv.km, aholisi 72,3 ming kişi) 244 kun ketganiga urğu qaratildi.
- Davlat dumasi spikeri Vyaçeslav Volodinning aytişiça, «Vagner» XHKning köplab jangçilari Putinning «qölga qurol olgan holda xizmatni davom ettiriş» böyiça taklifini qabul qilgan. U bu orqali ular RF mudofaa vazirligi bilan şartnoma tuzişga tayyorligini nazarda tutgan.
- 2 iyulga ötar keçasi Rossiya qöşini Kiyevga dronlar bilan hujum qildi. Ukraina qurolli kuçlari barça sakkiz dron va uç raketa urib tuşirilganini ma’lum qildi. Kiyev oblastida parçalar tuşişi tufayli tinç aholi vakili halok bölgan.
Buçadagi yodgorlik
Buçadagi şahar xiyoboniga kiriş joyida 2022 yil mart oyida Rossiya okkupatsiyasi vaqtida halok bölgan şahar aholisiga örnatilgan yodgorlik oçildi. Tabliçkalarda — 501 kişining familiyasi aks etgan. 1 iyul kuni şaharda «Ğalaba uçun birlaşuv» xotira konserti bölib ötdi. «Buni unutib va keçirib bölmaydi. Şuning uçun biz dunyoga harbiy tribunal haqida eslatişda davom etamiz», — dedi Buça şahri meri Anatoliy Fedoruk.


Baxmut atrofidagi ukrain harbiylari

Alex Babenko / EPA / Scanpix / LETA

Alex Babenko / EPA / Scanpix / LETA

Alex Babenko / EPA / Scanpix / LETA


Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

«Vagner» XHKning Peterburgdagi ofisidan emblemalar olib taşlanmoqda

Anatoliy Malsev / EPA / Scanpix / LETA

Anatoliy Malsev / EPA / Scanpix / LETA
3 iyul – Ukrainada zenitçilar kuni




















