Kazakh-zerno.net portalining yozişiça, Afğoniston öz oldiga yaqin kelajakda özini özi ğalla bilan ta’minlaş vazifasini qöygan. Mamlakatning buğdoy iste’moliga bölgan talabi yiliga 6,5–7,5 mln tonnani taşkil etadi.

Hozirça Afğoniston Qozoğistonda yetiştirilayotgan ğallani import qiluvçi Top-3 davlatlar sirasiga kiradi. Qozoğistondagi un tayyorlaş kombinatlaridan tayyorlangani unni xarid qiliş böyiça esa yetakçi. Sönggi uç mavsumda Qozoğistondan Afğonistonga 1,8 mln tonna ğalla va 3,5 mln tonna un jönatilgan. 2022-23 yilgi mavsumning 9 oyi içida Afğoniston Qozoğistonda tayyorlangan 1,12 mln tonna un va 733 ming tonna ğalla xarid qilgan, deb yozadi Qozoğiston sayti.

Ukragroconsult.com saytida yozilişiça, ötgan yili Afğonistonda joriy etilgan taqiqlar tufayli köknori yetiştiriş keskin qisqargan va dehqonlar yoppasiga buğdoy yetiştirişga ötgan.

«Aynan mana şuning uçun ğalla yetiştiriş sönggi yil içida keskin ösgan», — deya naşr Afğoniston qişloq xöjaligi vazirligi vakili Misbahuddin Mustainning sözlarini keltirmoqda.

«Afğoniston — agrar davlat. Afsuski, biz şu paytgaça faqat ğalla import qilib kelganmiz. Kamolxon, «Şoh va Arös» töğonlari hamda Qöştepa kanali kabi va boşqa suğoriş obektlari qurilişi bilan biz özimizni özimiz ğalla bilan ta’minlaşga erişamiz», — degan vakillar palatasining qişloq xöjaligi va çorvaçilik qömitasi deputati Mirvois Hojizoda.

Afğonistonga azaldan un va ğalla Pokiston orqali kirib kelgan. 2019 yildan boşlab Qozoğiston va Özbekiston asosiy yetkazib beruvçilarga aylangan. 2022 yilda Afğoniston import qilgan unning 63 foizi Qozoğiston, 36 foizi Özbekiston hissasiga töğri kelgan. 2022 yilda Afğoniston Rossiyada tayyorlangan 60 mln dollarlik un xarid qilgan va importni naq olti barobarga oşirgan.

Markaziy Osiyo davlatlarining özida 2022 yilda tayyorlangan un miqdori quyidagiça:

  • Qozoğiston — 16,4 mln tonna;
  • Özbekiston — 7,6 mln tonna;
  • Afğonistan — 4,5 mln tonna;
  • Turkmaniston — 1,6 mln tonna;
  • Tojikiston — 0,9 mln tonna;
  • Qirğiziston — 0,7 mln tonna;