Niderlandiyadagi kuçli şamol, böron havo va temiryöl transporti işini töxtatdi. 5 iyul, çorşanba kuni Amsterdamdagi Sxipxol xalqaro aeroporti saytida xabar qilinganidek, joriy meteorologik prognozlar tufayli havo bandargohida harakat mahalliy vaqt bilan 15:00 (Toşkent vaqti bilan 18:00)gaça çeklanadi. 

«Kuçli şamol, yomğir va yomon körinişning uyğunligi aviakompaniya samolyotlarining qönişi va uçişini jiddiy çekladi. Bu bekor qiliş va keçikişlar bölişini bildiradi. Bu kelgan va jönab ketuvçi reyslarga ham taalluqlidir», - deyiladi aeroport matbuot xizmati xabarida.

Keçiktirilgan reyslarning aniq soni ob-havo şaroitiga boğliq böladi, deyiladi xabarda. ANP agentligi ma’lumotlariga köra, 300 ga yaqin reyslar bekor qilingan. 

Ayni paytda, NS temiryöl kompaniyasi mamlakat şimolida poyezdlar harakatini butunlay töxtatdi. Niderlandiya meteorologiya xizmati mamlakatning aksariyat qismida yomon ob-havo tufayli xavfning eng yuqori darajasi haqida ogohlantirmoqda. Fuqarolar uylarini tark etmaslikka çaqirildi.