Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga köra, uçraşuvda Özbekiston va OIIB örtasidagi moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari, şuningdek, mavjud loyihalarni amalga oşiriş böyiça olib borilayotgan işlarning bugungi holati muhokama qilindi.
Energetika, infratuzilmaviy rivojlaniş, transport va tibbiyot kabi yönalişlarda umumiy qiymati 2,4 milliard dollardan ortiq bölgan 13 ta loyihani öz içiga olgan OIIBning Özbekistondagi joriy investitsiya portfeli hajmining ösişining ijobiy dinamikasi qayd etildi. 2023 yil mart oyidan buyon bank tomonidan energetika sohasida loyihalarni amalga oşiriş doirasida davlat kafolatisiz 415 million dollari miqdoridagi 3 ta kredit liniyasi ma’qullandi.
Lyudger Şuknext Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi va OIIB hamkorlikdagi işlarni davom ettirişga tayyorligini ta’kidladi.
Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar qöşma loyihalarni sifatli amalga oşiriş va özaro munosabatlarning yangi yönalişlarini işlab çiqişga qaratilgan faol hamkorlik qilişga kelişib oldi.










